Azotli o‘g‘itlarning yillik normalari Azotli o‘g‘itlar hamma qishloq xo‘jalik ekinlari uchun asosan oziqlantirishda beriladi. Azotli o‘g‘itlarni ekilayotgan ekinning turiga, tuproq iqlim sharoitlariga, ekinning biologik xususiyatlariga qarab har xil normada solinadi.
Kg/ga hisobida
Ekin turi
Kg/ga hisobida
G‘allali ekinlar
50-60
Bahorgi g‘alla ekinlari
30-60
Makkajo‘xori
60-90
Kartoshka
60-90
Pomidor
180-200
Sholi
120-150
Karam
150-200
Qand lavlagi
120-150
Kunjut
100-120
Olxo‘ri, shaftoli, malina, xurmo va b.
60-90
Bodring
150-200
Sabzi
120-150
Piyoz
180-200
G‘o‘za
200-250
Tamaki
60-90
CHoy
150-200
Azotli o‘g‘itlarning samaradorligi va uni yaxshilash yo‘llari Azotli o‘g‘itlar ko‘pchilik tuproq-iqlim sharoitlarida etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil etishitirishda muhim rol o‘ynaydi. Har 1 t. azotli o‘g‘itlar hisobiga qo‘shimcha ravishda 10-15 t dan 20-30 t gacha pichan, 30-40 t qand lavlagi, 2 t zig‘ir tolasi va 5-6 t paxta olinishi aniqlangan. Azotli o‘g‘itlar faqat hosildorlikni oshiribgina qolmasdan, balki, uning sifatini ham yaxshilaydi. Azotli o‘g‘itlarning samaradorligi, ayniqsa, namlik bilan etarli darajada ta’minlangan noqora tuproq mintaqasida azot bilan juda kam ta’minlangan chimli podzol tuproqlarda ishqorsizlangan qora tuproqlarda yuqoridir. Shimoldan janubga, g‘arbdan sharqga qarab harakatlangan sari azotli o‘g‘itlarning samaradorligi kamayib boradi. Janubiy sahro mintaqasida joylashgan xo‘jaliklarda azotli o‘g‘itlar samaradorgigini oshirish uchun sug‘orishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim. O‘rta Osiyo respublikalarida tarqalgan bo‘z va boshqa tuproqlarda namlikni sug‘orish evaziga ta’minlab, g‘o‘za va boshqa ekinlardan azotli o‘g‘itlardan foydalanish evaziga yuqori hosil etishtirilmoqda.
Denitrifikatsiya va nitratlarning yuvilishi natijasida tuproq va o‘g‘itlar tarkibidagi azotning yo‘qolishini kamaytirishning, shuningdek, suv manbalarini ifloslanish xavfini yo‘qotish va qishloq xo‘jalik ekinlardan nitratlar miqdorini kamaytirishni yo‘llaridan biri, bu nitrifikatsiya ingibitorlarini ishlatishdir. Bu preparatlar tuproqqa 1 ga maydonga 0,5-2 kg miqdorda solinganda ammoniyli o‘g‘itlar bilan birga nitrifikatsiya jarayonini 1,5-2 oy to‘xtatib turadi hamda tuproq va o‘g‘itlarning mineral azotini ammoniy shaklida saqlab turadi. T.M.Smirnov, E. A.Muravin ma’lumotlariga qaraganda, nitrifikatsiya ingibitorlari sug‘oriladigan dehqonchilik rayonlarida, ayniqsa, g‘o‘zada va sholi plantatsiyalarida ishlatilganda etarli darajada namgarchilik bo‘ladigan mintaqalarda eng keng samara bergan.