1. Kreativlik o`qituvchilarni innovatorlikka undovchi pedagogik kategoriya hisoblanadi.
2. Kreativlik o`qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatining integratsiyasidir. Chunki tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo`lmas ekan, o`qituvchi hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi.
3. Kreativlik o`qituvchilarda o`z-o`zidan paydo bo`ladigan sifat emas, u o`qituvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o`zlashtirish va o`zining pedagogik faoliyatida qo`llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o`z faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish va o`z mualliflik g`oyalariga, echimlarni (evristik) topa olishi bilan bog`liqdir.
4. O`qituvchining kreativligining shakllanishi «ehtiyojlar, yo`nalishlar va «Men» kontseptsiya»laridan kelib chiqadi. O`qituvchining kreativlik faoliyati pedagogik faoliyatning barcha turlarida namoyon bo`lishi davr talabidir. O’qituvchining kreativlik faoliyati, avvalo, pedagogik mahorat bilan bog`liq degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyot va internet saytlar ro’yxati O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida» gi Qonuni. //
Barkamol avlod –O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T. Sharq. 1997
Mavlanova R.A, Raxmonqulova N.X.”Boshlang’ich ta’limda