R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Dehqonchilik xarajatlarining hisob obyektlari va mod-



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə100/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   226
6.2.2. Dehqonchilik xarajatlarining hisob obyektlari va mod-
dalari 

Dehqonchilik tarmog‘i xarajatlari va mahsulotlarining chiqishini


hisobga olish 2010-«Dehqonchilik» schotida amalga oshiriladi. Bu
schotning debetida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, kreditida –
mahsulotning chiqishi hisobga olinadi. Debet va kredit bo‘yicha yo-
zuvlar yil davomida o‘sib boruvchi summalarda tashkil qilinadi; shunga
ko‘ra joriy balansda schotning ma’lumotlari yoyilgan holda ko‘rsatiladi.
Faqat yil oxiriga kelib schot bo‘yicha qoldiq aniqlanib, uni yakuniy
balansda dehqonchilik tarmog‘ining tugallanmagan ishlab chiqarish
summasi sifatida aks ettiriladi.
Dehqonchilik tarmog‘ida xarajatlar quyidagi obyektlar bo‘yicha hi-
sobga olinadi:
1. Ekinlar yoki ekin guruhlari
2. Qishloq xo‘jalik ishlari
3. Taqsimlanadigan xarajatlar
4. Boshqa obyektlar
Xarajatlarni u yoki bu ekin turining joriy yildagi hosiliga bevosita
o‘tkazish mumkin bo‘lgan barcha hollarda ular birinchi guruh bo‘yicha
xarajatlar obyektlariga taalluqli schotlarda hisobga olinadi. Ikkinchi
guruhda xarajatlarni hisobga olish obyektlari tarkibida kelgusi yil hosili
uchun qilingan qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish xarajatlari aks
ettiriladi, bularni tabiiyki, hosili joriy yilda olinadigan ekinlar
xarajatlarini hisobga olish obyektlariga o‘tkazib bo‘lmaydi. Ularni
hisobga oluvchi uchinchi guruh obyektlari tarkibida hisobning bir necha
yoki ko‘pgina obyektlariga o‘tkaziladigan, demak, ularga
taqsimlanadigan (joriy ta’mirlash, sug‘orish va sho‘r yuvish xarajatlari
va boshqalar) xarajatlar hisobga olinadi. To‘rtinchi guruh obyektlari
tarkibida ozuqa ishlab chiqarish va ayrim boshqa xarajatlar hisobga
olinadi.
Yuqorida aytilgan to‘rtala guruh bo‘yicha konkret tarzda hozirgi
kunda xarajatlar hisob obyektlarining quyidagi nomenklaturasi qabul
qilingan.
Birinchi guruh. Don va dukkakli don ekinlari. Kuzgi don ekinlari. 
Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug‘doy, kuzgi javdar, kuzgi arpa). Bahorgi


169
bug‘doy. Bahorgi boshqa boshoqli don ekinlar (bahorgi javdar, bahorgi


arpa, suli); yem-xashak ekinlar: tariq, qora bug‘doy, sholi.
Jo‘xori. Dukkakli don ekinlar – no‘xat, loviya, dukkakli xashaki
ekinlar – xashaki no‘xat va xashaki no‘xat aralashmasi, lyupin (shirin,
achchiq), seradella (doni uchun) boshqa dukkakli ekinlar.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin