171
taqsimlanadi. Bunda taqsimlashning turli usullaridan foydalaniladi.
Xarajatlarning ayrim turlari yerni ohaklash, melioratsiya qilinayotgan
yerlarni dastlabki madaniylashtirish va boshqa
xarajatlarni hisobga olish
obyektlariga 5-7 yil davomida turishi mumkin.
Uchinchi guruh. Xarajatlarning ayrim turlarini xarajatlar hisobi
obyektlarining xoh birinchi, xoh ikkinchi guruhiga darhol o‘tkazish
mumkin emas, chunki ular xarajatlarni hisobga olish obyektlarining bir
necha guruhlariga taalluqlidir. Ular yil davomida alohida analitik schot-
larda olinib, yil oxirida taqsimlanadi. Bu
ular tugallanmagan ishlab
chiqarish sifatida kelgusi yilga o‘tmaydi demakdir.
Bu guruh xarajatlarni hisobga olish obyektlariga quyidagi taqsimla-
nadigan xarajatlar: dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning
taqsimlanishi lozim bo‘lgan amortizatsiya ajratmalari; dehqonchilikda
ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim bo‘lgan
joriy
ta’mirlash xarajatlari; taqsimlanishi lozim bo‘lgan sug‘orish xarajatlari;
taqsimlanishi lozim bo‘lgan yerlarni quritish xarajatlari; ihota
o‘rmonlarini saqlash xarajatlari taalluqlidir.
Yuqorida keltirilgan dehqonchilik xarajatlarining
har bir hisob
obyektlariga alohida analitik schot ochilib, unda tegishli xarajatlar mod-
dalarining belgilangan nomenklaturasiga ko‘ra hisobga olinadi. Bu
analitik schotlar yil oxirida xarajatlarni birinchi va ikkinchi guruh xara-
jatlarini hisobga olish obyektlariga taqsimlab yopiladi. Bu hol xarajat-
larning har bir turi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, taqsimlashning turli
uslublaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: