189
xo‘jaliklarida inshoot turlari (qishgi issiqxonalar, oyna yoki shaffof
plenka qoplangan
bahorgi issiqxonalar, kichik ko‘lamdagi
plyonka bilan
qoplangan joylar, isitiladigan yerlar, gidroponika) va ulardagi har bir
ekin bo‘yicha alohida, ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida
esa har bir
inshoot bo‘yicha hisobga olinadi. Amaldagi qoidalarga muvofiq yopiq
yerdagi sabzavotchilikda xarajatlarning hisob obyekti bo‘lib inshootlarn-
ing turlari (qishki, bahorgi issiqxonalar, parniklar va h.k) bo‘yicha aks
ettirilgan xarajatlar qabul qilingan. Bunday xarajatlar butun inshoot
bo‘yicha hisobga olinganligi esa har bir issiqxona bo‘yicha har xil
mahsulotlar
yetishtirilganligi bois, ularni yetishtirish uchun qilingin
xarajatlarni mahsulot turlariga taqsimlash zarurati vujudga keladi. Bun-
day taqsimlash belgilangan bazaga mutanosib ravishda amalga oshiri-
ladi. Bunda mazkur o‘simlik turini parvarishlash
uchun sarflangan
urug‘likka, ko‘chat va ekish Materiallarigina bevosita xarajat hisobla-
nadi.
Issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblashda
xarajatlar ekin turlari o‘rtasida metr-kunlarga
mutanosib ravishda
taqsimlanadi. Ularni aniqlash uchun issiqxonada mazkur ekin bilan band
bo‘lgan maydon uning vegetatsiya davriga (parvarishlangan kunlar
soniga) ko‘paytiriladi. Ushbu ma’lumotlar har bir inshoot bo‘yicha yu-
ritiladigan vegetatsiya jurnalidan olinadi. Misol
tariqasida bahorgi is-
siqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblashni keltiramiz
(6.4-jadval).
6.4-jadval
Dostları ilə paylaş: