190
Xarajatlarning ekin turlariga
taqsimlanishi
1800000 1700000 629500 4129500
Jami xarajat, so‘m 1880000
1758000
823500
4461500
Olingan mihsulot, kg
1253
976
1830
X
1kg mahsulot tannarxi, so‘m
1500
1801
450
X
Issiqxonalardan olingan mahsulotlar standart va nostandart
mahsulotlarga
ajratilib, kirim qilinadi.
Nostandart mahsulotlar mavjud bo‘lganida xarajatlarni ushbu sifat
guruhlari o‘rtasida (ularning tannarxini alohida hisoblash
maqsadida)umum belgilangan tartibda, ya’ni
mahsulotlarning bozor ba-
hosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, qishgi issiqxonalarda yil oxiriga tugallanmagan ishlab
chiqarish summalari qolishi mumkin. Bu holda uni aniqlash va shu bilan
barcha xarajatlarni olingan mahsulotlar va yil oxiriga o‘stirishda
mahsulotlar o‘rtasida taqsimlash zarurati vujudga keladi. Tugallanmagan
ishlab chiqarishni baholash umum belgilangan
tartibda amalga oshiri-
ladi, ya’ni vegetatsiya jurnali ma’lumotlariga muvofiq parvarishlanayot-
gan ekinlar bo‘yicha kvadrat-metr-kunlar soni va ekish Materiallari qi-
ymati hisob-kitob qilinadi. Shunga asosan tugallanmagan ishlab chiqar-
ishga taalluqli xarajatlar aniqlanadi.
Sabzavot mahsulotlari yetishtirish uchun parniklardan foydalanil-
ganda
issiqxonalardagi kabi, urug‘lik va ko‘chat Materiallari qiymati
bevosita parvarishlanayotgan ekinlarga olib boriladi. Qolgan xarajatlar
esa rom-kunlar soniga mutanosib taqsimlanadi.
Rom-kunlar mazkur ekin turi uchun ishlatiladigan romlar sonini
uning vegetatsiya davri (kunlar soni)ga ko‘paytirish yo‘li
bilan aniqla-
nadi. Parniklarda yil davomida romooborotlar bo‘lishi mumkin. Shuning
uchun amaldagi qoidalarda taqsimlanadigan xarajatlarni yil bo‘yicha
umumiy yillik va siklli xarajatlar bo‘yicha ajratish ko‘zda tutilgan.
Siklli xarajatlarga tuproq tashib keltirish, parniklarni bioyoqilg‘i
bilan to‘ldirish va boshqa xarajatlar kiradi.
Ular faqat ramooborot yet-
ishtirilgan mahsulotlarga tegishli bo‘ladi (odatda, 1 maygacha bo‘lgan
davrda). Bu ko‘proq ko‘rsatilgan davrdan so‘ng tabiiy issiqlik yetarli da-
rajada bo‘lishi va keyingi romooborotlarda bioyoqilg‘idan foydalanishga
zarurat yo‘qligi bilan izohlanadi.
191
Yillik xarajatlar - bu tegishli ekinlarni parvarishlash bilan bog‘liq
sarf-xarajatlar. Ular har qanday romooborotga bir xil me’yorda olib
boriladi.
Shunday qilib, parniklarda birinchi
romooborotda sabzavot
mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha umumiy xarajatlar summasi bevosita,
siklli va umumiy yillik xarajatlarga, keyingi romooborotlarda yetishtiril-
gan mahsulotlarga doir xarajatlar bevosita
va umum yillik xarajatlarga
bo‘linadi. Parnikda yetishtirilgan sabzavot mahsulotlari tannarxini
hisoblash metodikasini fermer xo‘jaligi misolida ko‘rib chiqamiz (6.5-
jadval).
6.5-jadval
Dostları ilə paylaş: