R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari va xarajatlarini



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə140/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226
7.5. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari va xarajatlarini 
hisobga olish 
7.5.1. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini 
hisobga olish 

Xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli asosiy vositalar va boshqa


aktivlarning sotilishi va boshqacha tarzda chiqib ketishi (tugatilishi, hi-
sobdan chiqarilishi, tekinga berilishi va hokazo) quyidagi schotlarda aks
ettiriladi:
9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi»
9220-«Boshqa aktivlarni chiqib ketishi».
9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schoti debeti bo‘yicha
chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining boshlang‘ich qiymati,
shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq xarajatlar
(binolar, inshootlarning buzilishi va bo‘laklarga ajratilishi, uskunalarn-
ing demontaj qilinishi va shu kabilar) aks ettiriladi.
9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schoti kreditiga asosiy
vositalar obyektlarini sotishdan olingan tushum hamda hisobdan
chiqarilishi munosabati bilan olingan moddiy qimmatliklarning ishlatish
yoki sotish mumkin bo‘lgan bahosi bo‘yicha qiymati, shuningdek,
chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha hisoblangan
eskirish summalari aks ettiriladi. Asosiy vositalarning sotilishidan
olinadigan tushum 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schotlar» schotining debeti va 9210-«Asosiy vositalarning chiqib
ketishi» schotining kreditida aks ettiriladi.
9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»
schoti bo‘yicha debet saldosi (zarar) joriy hisobot davrida 9430-«Boshqa
operatsion xarajatlar» schotiga, mazkur schotining kredit saldosi (foyda)


253
esa 9310-«Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foyda»


schotiga o‘tkazilib, 9210-schot yopiladi.
Misol: «Zafar» fermer xo‘jaligida boshlang‘ich qiymati 70,0 ming 
so‘m bo‘lgan traktor sotilgan, eskirish — 70,0 ming so‘m, ya’ni to‘liq 
eskirgan, shartnoma bo‘yicha sotish bahosi — 200,0 ming so‘m. 
To‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalarning sotilishidan olin-
gan foyda (zarar) shartnoma bo‘yicha olinadigan tushum hisoblanadi.
QQS summasi asosiy vositalarning shartnoma qiymati bo‘yicha 
hisoblanadi. Soliq solinadigan aylanma hajmi quyidagini tashkil qiladi: 
QQS=200,0 ming so‘m x 20,0% = 40,0 ming so‘m. 

Muomala mazmuni


D-t
K-t
Summa
Sotilayotgan traktorning shartnoma bahosi
4010
9210
200,0
Boshlang‘ich qiymat hisobdan chiqarilganda
9210
0130
70,0
Eskirishi hisobdan chiqarilganda
0230
9210
70,0
QQS hisoblanganda
9210
6410
33,0
Moliyaviy natija aniqlanganda
9210
9310
167,0

Olingan operatsion foyda (160,0 ming so‘m) foyda solig‘iga tortish 
obyekti bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni, 160,0 ming so‘m x 20% q 32,0 ming 
so‘m foyda solig‘i ham to‘lanadi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin