114
Kichik tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tib, bankda schot
ochib; soliq, sug‘urta, nafaqa fondi, bandlik xizmati va boshqa tegishli
davlat organlari va nodavlat tashkilotlaridan ro‘yxatdan o‘tganidan
so‘ng faoliyat boshlaydi. Bunda avvalo, mavjud mablag‘lari va
mablag‘lar manbalarini umumlashtirib dastlabki balans tuziladi.
Soddalashtirilgan buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan
shakli, agar kichik tadbirkorlik subyektlarida
mahsulot ishlab chiqarish
yoki ish bajarish bilan shug‘ullanilmasa tashkil etiladi. Bunda quyidagi
hisob qaydnoma foydalaniladi:
a) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni
hisobga olish qaydno-
masi;
b) moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi;
v) kapital quyilmalarni hisobga olish qaydnomasi;
g) tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi;
d) boquvdagi va o‘stirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydno-
masi;
e) xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni
hisobga olish
qaydnomasi;
j) boshqa debitorlik qarzlarni hisobga olish qaydnomasi;
z) pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasi;
i) mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hi-
sobga olish qaydnomasi;
k) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydno-
masi;
l) mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish
qaydnomasi;
m) boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi;
n) xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi;
o) hisobot davri xarajat(sarf)larini hisobga olish qaydnomasi;
p) dehqonchilik mahsulotlarini ishlab
chiqarish xarajatlari va
mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi;
r) chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va
mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi;
s) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga
olish qaydnomasi;
t) sof foyda (zarar) ni hisoblash qaydnomasi;
u) xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi.
115
Yuqorida sanab o‘tilgan qaydnomalarning har biri, qoidaga ko‘ra
buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schotlarning bittasi bo‘yicha
muomalalarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobning soddalashtirilgan shaklini qo‘llash sharo-
itida, xo‘jalik muomalasi shaxmat yozuvi ko‘rinishida
bir marta yozi-
ladigan jurnal-orderdan farqli bo‘lib, har bir xo‘jalik muomalasi ikkita
usul bilan rasmiylashtiriladi: bitta qaydnomada – schotning debeti
bo‘yicha yozuv, kreditlanuvchi schotni ko‘rsatgan holda («korrespon-
densiyalanuvchi schot» grafasida), boshqasida esa korrespondensiya-
lanuvchi schotning krediti bo‘yicha bir vaqtning o‘zida debetlanuvchi
schotni ko‘rsatilgan holda.
Ushbu qaydnomalarning jami umumlashtiruvchi shaxmat qaydno-
masini jamlanma qaydnomasi to‘ldirish uchun asos bo‘lib,
unda tegishli
qaydnomada ko‘rsatilgan har bir schotning debeti va krediti bo‘yicha
yozuvlar aks ettiriladi. Umumlashtiruvchi shaxmat qaydnomasining
mazmuni gorizont bo‘yicha qaydnomalarning nomerlarini ularning o‘sib
borish tartibida, vertikal bo‘yicha esa schotlar raqamlarining o‘sib borish
tartibi va nomlaridan iborat. Yozuvlar qaydnomalardan tegishli schotlar
bo‘yicha kredit oborotlarini «Korrespondensiyalanuvchi schot» grafasi
bo‘yicha ushbu oborotlarni tegishli schotlarning
debetiga tarqatib yozish
(raznoska) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shaxmat qaydnomasi qo‘llaniladigan schotlar bo‘yicha oylik
umumlashtiruvchi registr hisoblanadi va nazorat ahamiyatiga ega. U
nafaqat joriy oy uchun axborotlarni umumlashtirish maqsadida, balki
buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha amalga oshirilgan yozuvlarning
to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish uchun ham xizmat qiladi. Xususan, bu
tarqatib yozish vaqtida aniqlanib, uning natijasida har bir schot bo‘yicha
jamlangan debet summasi mazkur schot bo‘yicha tegishli qaydnomada
aks ettirilgan debet oboroti summasiga teng bo‘lishi lozim.
Har bir schotning debeti bo‘yicha
aniqlangan jami summalar
qo‘shiladi. Aniqlangan natija schotlarning krediti bo‘yicha umumiy
oborotlar summasiga teng bo‘lishi lozim. Har bir schot bo‘yicha debet
va kredit oborotlari oborot qaydnomasiga o‘tkazilib, unda har bir schot
bo‘yicha hisobot davridan keyingi oyning birinchi sanasiga qoldiq
chiqariladi (3.7-rasm).