127
hisobini tashkil etish masalalari 4.5 paragrafda batafsil bayon qilin-
gan).
Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti boshqaruv apparatiga is-
honchli va zarur axborotlarni kam xarajat qilgan holda, o‘z vaqtida
taqdim etish vazifasiga bo‘ysundirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu vazifani
hal etish qator omillar bilan ta’minlanib, ulardan har
biri qaror topgan
an’analar, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlari va hisob ish-
larining xajmidan kelib chiqadi.
Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti uni boshqaruv hisobi va
moliyavyi hisob quyi tizimlariga ajratishni nazarda tutadi. Ular o‘rtasida
keskin chegara bo‘lmasa-da, bunday ishni amalga oshirish zarur. U hi-
sob axborotlarining alohida foydalanuvchilar o‘rtasida aniq yo‘nalishini
belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirish bo‘yicha
boshqaruv va korxonani strategik rivojlantirish asosini yaratadi. Ushbu
axborot faqat korxona menedjerlariga ruxsat etiladi.
Boshqaruv hisobini
tashkil etish tartiblarini korxona mustaqil belgilaydi.
Moliyaviy hisob u yoki bu darajada tartibga solinadi. Shuning
uchun ma’lum talablar va tamoyillar tizimi ishlab chiqiladi.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va amaldagi
qonunchilikka rioya qilinishi uchun uning rahbari javobgar. Rahbar hi-
sob siyosatini ishchi schotlar rejasini, dastlabki hujjatlar shakllarini (na-
munaviy shakli bo‘lmagan xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish
uchun), inventarizatsiya o‘tkazish tartibini, hujjatlar
aylanish qoidalarini
va buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida zarur bo‘ladigan tartib-
qoidalarni tasdiqlashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon-
uniga muvofiq, korxona rahbari buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yu-
ritish huquqiga ega. Lekin, qaysi holatlarda ushbu funksiyani rahbarning
o‘zi bajarishi aniq ko‘rsatilmagan, ammo bunday variant kichik biznes
korxonalari, masalan, dehqon xo‘jaliklari uchun qulay.
Bosh buxgalter boshqaradigan mustaqil buxgalteriya xizmati
tashkil etilishi ham mumkin. Bunday xizmat korxonaning boshqa
bo‘linmalari kabi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Bosh buxgalter bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi
va hisob
siyosatini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va ishonchli
moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun javobgar.
Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashgan
buxgalteriya, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot yoki tegishli oliy yoki
o‘rta maxsus ma’lumotga ega buxgalter tomonidan yuritilishi mumkin.
128
Har qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy
shaklini tanlash hisob jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili
hisoblanadi. Buning ustiga, agar oldin hisob texnologik jarayoniga EH-
Mni keng qo‘llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish abzal
hisoblansa, hozirgi vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan bux-
galteriya hisobi katta imkoniyatlarga ega. Asosiy masala –
buxgalterning
ish joyini avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi,
xodimlar soni ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlarning no-
menklaturasi, mol yetkazib beruvchilar, haridorlar va shu kabilarning
soni katta ahamiyatga ega emas.
Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yukla-
masi, boshqaruv tizimidagi pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro
aloqalarhisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish
vositalari va kanallari-
dan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim.
Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi:
predmetli;
chiziqli; funksional.
Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarning bo‘limlar-
ning nomlanishiga muvofiq taqsimlashni nazarda tutadi:
-
hisob-kitob bo‘limi;
-
ishlab chiqarish bo‘limi;
-
hisob bo‘limi;
-
sotish bo‘limi;
-
umumiy bo‘lim.
Albatta, konsalidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar
aksiyadorlar hisoblanadi. Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya
paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash imkoniga ega
emas. Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga
quyilmalar summasidan iborat va ushbu quyilmalarning jami real qiy-
matini va mos ravishda aksiyadorlarning ulushini aks ettirmaydi.
Aksi-
yadorlar uchun ularning quyilmalarini obyektiv aks ettiradigan, bosh
kompaniyaning barcha sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining
ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan obyektiv axborotlar zarur.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish
hamda taqdim etishga qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan
kelib chiqqan holda moddiy-texnik ta’minlash -
hisob siyosatining tex-
Dostları ilə paylaş: