R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə75/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   226
4.2. Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik 
ta’minoti 

Bozor munosobatlarining rivojlanishi buxgalteriya hisobi oldiga


yangi talablar qo‘ymoqda. Bir tomondan, bu talablar O‘zbekiston Re-
spublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan. Ik-
kinchi tomondan, mazkur qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan bel-
gilangan buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy konsepsiyasi
bilan birga, korxona to‘plangan tajribaga tayanib, hisobni tashkil etish-
ning yangi vazifalarini hal etishga qaratishi lozim.
Hisob siyosati tegishli mulklar va majburiyatlar hisobini yo‘lga
quyishning muay'yan usullarini xo‘jalik yuritish shart-sharoitlari va
amaldagi qonunchilikdan kelib chiqqan holda tanlashni bildiradi. Bunda
buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning aniq belgilangan
yo‘nalishi doirasida bir qancha muqobil usullardan maqbuli tanlanadi,
agar bu amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmasa. Buxgalteriya hisobini yu-
ritishning tegishli usuli buxgalteriya hisobiga oid qonunchilik yoki
me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa korxona uning amaldagi
buxgalteriya hisobi qoidalaridan kelib chiqqan holda mustaqil ishlab
chiqishi mumkin. Har qanday holatda korxona tarkibiy bo‘linmalari ham
hisob siyosatiga rioya qilishi lozim(Korxona hisob siyosatining namun-
asi 2-ilovada keltirilgan).
Hisob siyosati moliya yili davomida o‘zgartirilmasligi lozim va
uning tarkibida quyidagilar tasdiqlanadi:


124
-

hisob va hisobotning o‘z vaqtidaligi talabidan kelib chiqqan
holda, joriy hisobni yuritish uchun zarur bo‘lgan, eng kami sondagi,
ammo yetarli schotlar ro‘yhatidan iborat Ishchi schotlar rejasi;
-

dastlabki hujjatlarning shakllari (xo‘jalik operatsiyalarini ras-


miylashtirish uchun namunaviy shakllari mavjud bo‘lmagan), hamda hi-
sob axborotlaridan ichki foydalanuvchilar ehtiyoji uchun tuziladigan
boshqaruv hisobi hujjatlarining shakllari;
-

mulklarning alohida turlarini baholashning tegishli variantini


tanlash;
-

xarajatlarni guruhlash va ishlab chiqarishga olib borishning te-


gishli usullarini belgilash;
-

kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun rezyervlarning turlari;


-

hujjatlar aylanishi qoidalari va hisob axborotlariga ishlov berish


texnologiyalari;
-

buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun talab qilinadigan,


xo‘jalik operatsiyalarini hamda boshqa amallarni bajarish jarayonida te-
gishli nazorat turini tanlash.
Hisob siyosatini qo‘llashning belgilangan chegaralari korxonada
to‘liqlik, ehtiyotkorlik, xo‘jalik faktlari iqtisodiy mazmunining ularning
shaklidan ustuvorligi hamda muvofiqlik va oqilonalik talablari doirasida
belgilanishi mumkin.
Korxonada belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan
hisob siyosati yildan-yilga izchil qo‘llaniladi. Buning natijasida har xil
hisobot davrlarida olingan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining
taqqoslanishi ta’minlanadi. Shunday qilib, ushbu talabni amalga oshirish
maqsadida hisob siyosati tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati (buyruq,
farmoyish) tasdiqlangan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan kuchga
kiritilishi lozim.
Yangi tashkil etilgan korxona, u qachon yuridik shaxs maqomini
olganligi (Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi)dan qat’iy nazar, hisob
siyosatini kuchga kiritish bo‘yicha yuqorida belgilangan talablarga rioya
qilishi lozim. Ushbu talablar korxonaning filiallari, vakolatxonalari va
bo‘linmalariga (jumladan, alohida balansga chiqarilgan) ham taalluqli,
ularning joylashgan yeridan qat’iy nazar.
Yangidan tashkil etilgan korxonalarda ishlab chiqilgan hisob siyo-
satini rasmiylashtirish ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqqan holda uning
moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon qilingunga qadar, ammo
yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan(davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan)
kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan amalga oshirilishi lozim.


125
Hisob siyosati tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy


nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqilishi
lozim.
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon-
unining qoidalarini buxgalteriya hisobining yagona uslubiy tamoyilari
asosida rivojlantirilgan buxgalteriya hisobi milliy standartlari
qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobi milliystandartlari qonunga zid
bo‘lmasligi va uning uslubiy taminotini rivojlantirishi lozim. Hozirgacha
26 ta BHMS ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘lanilmoqda. Bizning fik-
rimizcha, BHMSlar keyinchalik ularga buxgalteriya hisobining ayrim
murakkab qoidalari va normalari qo‘shimcha sharhlar bilan to‘ldirilgan
va buxgalteriya hisobining texnik jihatlari to‘liqroq aks etirilgan holda
qayta ko‘rib chiqilishi zarur.
Korxona darajasida buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minlash
quyidagilarni qo‘llash bilan belgilanadi:
-

tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilarni zarur axborotlar


bilan ta’minlaydigan, sintetik va analitik schotlardan iborat, namunaviy
schotlar rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi schotlar rejasi;
-

xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan tar-


moqlararo va tarmoq dastlabki hujjatlarining namunaviy shakllari.
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ko‘zda tutilmagan hodis-
alar, hamda ichki buxgalteriya hisoboti uchun dastlabki hujjatlar
shakllari umumiy talablar va majburiy rekvizitlar ro‘yxatiga mos kelishi
lozim;
-

xo‘jalik operatsiyalarini, ularning mazmunidan kelib chiqqan


holda joriy nazorat modeli inventarizatsiya o‘tkazish texnologiyalari va
ayrim turdagi mulklar hamda majburiyatlarni baholash uslublari;
-

amal qilayotgan hisobni tashkil etish va mavjud texnik vositalar


negizida hujjatlar aylanishi va hisob axborotlariga ishlov berish
texnologiyasi.
Shunday qilib, boshqaruv pog‘onalarining har birida o‘zining vazi-
falari hal etiladi. Shu bilan birga ularning barchasi oxir-oqibatda bux-
galteriya hisobining metodologik tamoyillariga muvofiq hisob jarayonini
tartibga solish va maqbullashtirishga qaratilgan.
Buxgalteriya hisobining metodologik tamoyillari korxona hisob si-
yosatining tarkibiy qismi sifatida quyidagilarni nazarda tutadi:
-

korxona mulklari va majburiyatlarining boshqa korxona va


muldorlardan alohidaligi;


126
-

korxona faoliyatining uzluksiligi, ya’ni kelajakda o‘z faoliyatini
to‘xtatish niyatining yo‘qligi;
-

bir hisobot davridan boshqasiga o‘tishda o‘z faoliyatini izchil


amalga oshirishi va natijada, o‘z majburiyatlarini to‘lamaslik niyatining
yo‘qligi (hisob siyosatini izchil qo‘llash tamoyili);
-

hisoblash paytiga rioya qilinishi, ya’ni daromadlar va xarajatlar


ular shakllangan paytda emas, ular tegishli bo‘lgan hisobot davrida aks
ettiriladi.
Korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim:
-

korxonada sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini ikki


yoqlama yozuv usuli bilan o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirish (to‘liqlik
tamoyili);
-

o‘z hatti-xarakatlarida extiyotkorlik, o‘zining hatti-xarakatlari


bilan korxonaning moliyaviy barqarorligiga ataylab zarar etkazmaslik;
-

huquqiy va iqtisodiy yondoshuvlarning ayrim amaldagi qoi-


dalarini formal tushunishdan ustunligi (mazmunning shakldan ustuvor-
ligi tamoyili);
-

analitik schotlar boshlang‘ichva oxirgi qoldiqlari hamda debet


va kredit oborotlari mos ravishda yig‘indilarining ularni umumlashti-
ruvchi sintetik schotning boshlang‘ich va oxirgi qoldig‘i hamda debet va
kredit oborotlariga mos ravishda tengligi (muvofiqlik tamoyili);
-

buxgalteriya hisobini muayyan korxona faoliyatini inobatga ol-


gan holda tejamli va oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili);
-

bir tomondan, korxonaning moliyaviy natijasini hisoblash


maqsadida, ikkinchi tomondan korxona moliyaviy ahvoli to‘g‘risida
tashqi foydalanuvchilarga axborotlarni taqdim etish maqsadida, hisob
(oy) va hisobot (choraklik, yarim yillik, 9 oylik, yillik) davrini chega-
ralash, ya’ni davriylik tamoyili;
-

moliyaviy hisobotni tuzish va e’lon qilish tamoyili (uning


tarkibi o‘zgarmasligi, balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
ko‘rsatkichlarining hisobot yili boshi va oxirida taqqoslanuvchanligi, hi-
sobotning e’lon qilinishi).
Hisob siyosati korxona rahbarining buyrug‘i yoki farmoyishi bilan
yillik hisobotni birinchi e’lon qilishdan, ammo yuridik shaxs huquqini
olgan (davlat ro‘yhatidan o‘tgan) kundan boshlab 90 kundan kechik-
masdan rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya hisobi boshqaruv funksiyasi sifatida o‘zining tashkiliy
tuzilmasiga ega (Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minotini bu yerda 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin