R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə77/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   226
nik ta’minoti deb ataladi.
Hisob siyosatining texnik ta’minoti buxgalteriya hisobining uslubiy
va tashkiliy jihatlarini zamon talablari darajasida amalga oshirishga
yo‘naltirilgan tadbirlar tizimidir.


129
Bunday tadbirlar tizimiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:



xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati buxgal-
teriya hisobi namunaviy schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha
yo‘riqnoma asosida ishchi schotlar rejasini ishlab chiqish;

dastlabki hujjatlar va ularni rasmiylashtirish qoidalari (buxgal-
teriyaning har bir bo‘limi bo‘yicha, masalan, ish xaqi hisobi, Materiallar
hisobi va h.k);

sintetik va analitik hisob registrlarining korxona sharoitiga mos
namunaviy shakllarini tanlash va (yoki) ishlab chiqish;

zamonaviy EHM, axborot texnologiyalari, dastur ta’minoti va
shu kabilar negizida buxgalteriya hisobini komptyerlashtirish;

sintetik va analitik hisob obyektlari bo‘yicha tasniflagich (kodi-
fiqator)lar tuzish;

biznesni boshqarishning zamon talablariga javob beradigan
malakali buxgalterlar bilan ta’minlash;

hisob jarayonlarini optimallashtirishga doir tashkiliy-texnik va
sanitariya-gigiena tadbirlari;

ichki nazorat tizimini tashkil etish;

hisob xodimlari jamoasida ishlab chiqarish munosabatlari ma-
daniyati va mehnat taqsimotini tashkil etish;

hisobot tuzish va taqdim etishni tashkil etish.
Avtomatlashtirilgan hujjatlar aylanishini tashkil etish tizimi belgi-
langan darajada strategik boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, barcha
turdagi va shakllardagi, jumladan, audio va videohujjatlarga ham ishlov
berish imkoniyatini hamda boshqa quyi tizimlar bilan muvofiqlikni ta’-
minlaydi. Mazkur hujjatlar aylanishining afzalligi hujjatlar aylanishining
ko‘p pog‘onali iyerarxik tuzulmasini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Pi-
rovard natijada, avtomatlashtirilgan hujjatlar aylanishini tashkil etishda
bunday yondashuvlarni amalga oshirish-bu korxonada buxgalteriya hi-
sobini yo‘lga quyishning yangi sifat bosqichiga, natijada, samaraliroq
boshqaruv darajasiga o‘tish demakdir.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin