132
−
korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishon-
chli
axborotlarni shakllantirish;
−
korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki
va tashqi foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash;
−
moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush holatlarning o‘z vaqtida
oldini olish, ichki imkoniyatlarni
aniqlash va safarbar etish;
−
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks
ettirish;
−
korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish;
−
moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va
o‘z vaqtida taqdim etish.
Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida
korxona hisob siyosa-
tida belgilangan talablarga rioya qilish zarur (4.4- rasm).
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon-
unining 7-moddasiga muvofiq, «Buxgalteriya hisobi va hisobotini tash-
kil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi»
6
.
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari buxgalteriya
hisobini va moli-
yaviy hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ish-
larining hajmidan kelib chiqqan holda ma’lum huquqlarga ega.
4.4 -rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish oldiga quyiladigan asosiy
talablar
Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari kamdan-kam hol-
larda buxgalteriya hisobini o‘zi yuritadi. Odatda, bu vazifani buxgal-
teriya apparati yoki yollangan buxgalter bajaradi. Bu holda xo‘jalik yu-
rituvchi subyekt rahbari buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun
6
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni 7-modda.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishga
qo‘yiladigan asosiy talablar
Hisobot davridagi xo‘jalik
operatsiyalarini hisobda to‘liq aks
ettirish
Hisobda joriy xarajatlar va kapital
qo‘yilmalarni alohida hisobga olish
Daromadlar va harajatlarni hisobot
davrlariga to‘g‘ri olib borish
Sintetik va analitik hisobning
tengligi
133
barcha zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi, barcha bo‘linmalar va bux-
galteriya hisobiga aloqador xodimlar tomonidan belgilangan talablarning
bajarilishini ta’minlashi lozim. Bunda rahbar quyidagi huquqlarga ega:
-
«bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini
tashkil etish yoki shartnoma asosida
jalb qilingan buxgalteriya
xizmatidan foydalanish;
-
buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan buxgalteriya
markaziga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan xo‘jalik
birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish bo‘limiga yuklash;
-
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish»
7
.
Shuningdek, rahbar quyidagilarni ta’minlashi shart:
-
« – ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqilishini;
-
xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini;
-
buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini;
-
hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini;
-
tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotning tayyor-
lanishini;
-
soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlan-
ishini;
-
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini»
8
.
Dostları ilə paylaş: