R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə81/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   226
4.5. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish
tizimi 

Buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni ta’minlashda re-


jalashtirish tizimi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, alohida ish turlari
bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va bajarishni o‘z ichiga oladi (4.5-
rasm).
Hujjatlashtirish rejasida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish
bo‘yicha dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi
tuziladi. Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt dastlabki hujjatlarning na-
munaviy shakllaridan foydalanishi yoki o‘zi mustaqil ishlab chiqqan hu-
jjat shakllarini qo‘llashi mumkin.
Dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanganidan
so‘ng ularni sotib olishga yoki bosmaxonada chop etishga buyurtma
beriladi. Dastlabki hujjatlar blankalari bilan markazlashtirilgan holda

7
Shu yerda

8
Shu yerda


134
ta’minlashda ularni olish uchun yuqori tashkilot tomonidan buyurtma


beriladi.
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab
chiqilgan shakllari ham O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida» gi qonunida ko‘zda tutilgan talablarga rioya qilgan holda
tuziladi.
Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari to-
monidan tasdiqlangan hujjatlar aylanishi grafigi hisoblanadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida rejadagi va rejadan tashqari in-
ventarizatsiyalarni o‘tkazish tartibi, shakllari va muddatlari ko‘rsatiladi.
Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni tekshirish korxonaning
normal ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuziladi. Rejadan tashqari
inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga
bildirilmasligi lozim.
Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot
shakllari, u yoki bu hisobot tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hi-
sobotlarni topshirish muddatlari, korxona, tashkilot va muassasa nomi va
manzili hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va
ismi-sharifi, hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va
hisobotlarni tuzish uchun mas’ul shaxslarning familiyasi va ismi-sharifi,
ular bajaradigan ishlar aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot rejasi qoidaga
ko‘ra, ikki qismdan iborat.
Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, ik-
kinchi qismda korxonaning alohida bo‘linmalaridan olinadigan hisobot-
lar bo‘yicha zarur ma’lumotlar keltiriladi.
Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish rejasida mazkur
korxonada qo‘llaniladigan hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib,
korxonada qanday elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar va boshqa
texnik vositalardan foydalanilishi ko‘rsatiladi. Buxgaletriya hisobining
shaklini tanlashda mazkur masalaga oid yo‘riqnomalar va
ko‘rsatmalardan foydalanish, korxona faoliyatining muayyan shart-shar-
oitlarini hisobga olish, buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzal-
liklari va kamchiliklarini o‘rganish tavsiya etiladi.
Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni
kompyuterlashtirish masalasiga alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron
hisoblash mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli hisoblash jadval-
lari va mexanik o‘lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan
ham foydalanish zarur.

135



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin