R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə83/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   226
4.6. Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi 

Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi
bo‘lib, uni bosh buxgalter boshqaradi. Buxgalteriya apparatining tuzil-
ishi korxonaning boshqaruv tuzilmasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, hi-
sob ishlarining hajmi va texnik vositalar mavjudligiga bog‘liq. Shu mu-
nosabat bilan hozirgi vaqtda buxgalteriya tuzilmasini tashkil etishning
asosiy 3 ta tipi shakllangan (4.6-rasm).
Buxgalteriya chiziqli tashkil etilganda barcha buxgalteriya xodim-
lari bevosita bosh buxgalterga bo‘ysunadi. Bundan buxgalteriya apparati
tuzilmasi xodimlar soni 7-9 kishidan iborat bo‘lib, uncha katta
bo‘lmagan korxonalarda qo‘llaniladi.

4.6-rasm. Buxgalteriyaning tashkiliy tuzilmasi 

Buxgalteriya bajariladigan hisob ishlarining funksional belgisi


bo‘yicha tashkil etilganida bo‘limlar (guruhlar) tuziladi. Masalan,
mehnat haqi hisoblash bo‘limi; moddiy bo‘lim, nafaqa bo‘limi kabilar
bo‘lib, ularga katta buxgalter boshchilik qiladi.
Bu holda bosh buxgalterning farmoyishlari tegishli bo‘lim (gu-
ruh)larning katta buxgalterlariga etkazilib, ular aniq bajaruvchini tay-
inlaydi va nazorat qiladi. Buxgalteriyaning bunday tuzilmasi ko‘plab
o‘rta va ayrim yirik korxonalarda qo‘llaniladi. Bajariladigan hisob ish-
larining funksional belgisi bo‘yicha tashkil etilgan buxgalteriyaning
taxminiy tuzilmasi 4.7-rasmda keltirilgan.
Sanab o‘tilganlardan tashqari agrofirmalarda odatda, idishlarni hi-
sobga olish, asosiy vositalar hisobi, hisob-kitob guruhlari bo‘linib,
ularda debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar, yig‘ma-analitik gu-
ruh va boshqalar yuritiladi.
Buxgalteriya korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil
etilganida har bir tarkibiy bo‘linmada (bo‘linma, bo‘lim, yordamchi
xo‘jalik va ishlab chiqarishlar va h.k.) buxgalteriya tashkil etiladi. Bu
holda, bunday buxgalteriyaga katta buxgalterlar tayinlanib, ular o‘z
Кorxona buxgalteriyasi tashkiliy tuzilishining variantlari
Chiziqli
Funksional belgi bo‘yicha
Кorxonaning tarkibiy
bo‘linmalari bo‘yicha


138
bo‘linmasida hisobni tashkil etish bilan mustaqil shug‘ullanadilar. Bux-


galteriya apparatini tashkil etishning bunday shakli juda katta
korxonalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida qo‘llaniladi.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin