2. Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni bosqichlari qaysi
javobda to‘g‘ri berilgan?
A) Hisob siyosatini ishlab chiqish uchun kyerak buxgalteriya hi-
sobi obyektlarini aniqlash; unga ta’sir ko‘rsatadigan shart-sharoitlarni
o‘rganish; birlamchi qoidalarni tanlash va asoslash, dalolatnoma tuzish
B) Inventarizatsiya komissiyasi tuzish; hisob siyosatini tayyorlash;
zarur usullar va amallarni tanlash; hisob siyosatini rasmiylashtirish
S) Hisob siyosatini ishlab chiqish uchun zarur buxgalteriya hisobi
obyektlarini aniqlash; ta’sir ko‘rsatadigan shart-sharoitlar; birlamchi qoi-
dalarni tanlash va asoslash, hisob siyosatini tuzish; zarur usullar va
amallarni tanlash; hisob siyosatini rasmiylashtirish (buyruq, farmoyish)
D) Buxgalteriya hisobi obyektlarini aniqlash; ta’sir ko‘rsatadigan
shart-sharoitlarni o‘rganish; qoidalarni tanlash va asoslash; inventarizat-
siya dalolatnomasi tuzish
3. Hisob siyosatini shakllantirish tamoyillari qaysi javobda
to‘g‘ri berilgan?
A) To‘liqlik, o‘z vaqtidalik, ehtiyotkorlik, mazmunning shakldan
ustuvorligi, muvofiqlik, oqilonalik
B) ikki yoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, hisoblash,
aniqlik, muvofiqlik, ehtiyotkorlik
S) O‘z vaqtidalik, to‘liklik, hisobot davrida daromad va xarajat-
larning muvofiq kelishi, uzluksizlik, hisoblash, tanlash
D) Aniqlik, to‘g‘rilik, uzluksizlik, ehtiyotkorlik, hisoblash, ikki yo-
qlama yozuv usulida yuritish, ehtiyotkorlik
4. Hisob siyosati buxgalteriya hisobi tizimining qaysi jihatlarini
qamrab oladi?
A) Tashkiliy, siyosiy va texnik jihatlar
B) Metodik, tashkiliy va ijtimoiy jihatlar
S) O‘z vaqtidalik, to‘liqlik va aniqlik jihatlari
D) Uslubiy, tashkiliy va texnik jihatlar
|