R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


-rasm. Hisob siyosatini shakllantirishning asosiy bosqichlari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə73/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   226
4.1-rasm. Hisob siyosatini shakllantirishning asosiy bosqichlari 

Hisob siyosatini shakllantirishning birinchi bosqichida uning


predmeti aniqlanadi. Chunki har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining
buxgalteriya hisobi obyektlari to‘plamiga ega. Ikkinchi bosqichda hisob
I. Hisob siyosati ishlab chiqish uchun zarur buxgalteriya hisobi obyektlarini aniqlash
II. Hisob obyektlaridan kelib chiqib hisob siyosatini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan
shart‐sharoitlar
III. Birlamchi qoidalarni tanlash va asoslash, hisob siyosatini tuzish
IV. Har bir obyekt bo‘yicha buxgalteriya hisobining zarur usullari va amallarini tanlash
V. Кonkret korxona uchun hisob yuritish usullarini tanlash
VI. Кorxona hisob siyosatini rasmiylashtirish (buyruq, farmoyish)


121
obyektlarining tarkibidan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini


shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan muayyan shart-sharoitlar aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda oldingi bosqichda aniqlangan, yo‘l quyilgan
qoidalarga nisbatan hisob siyosatining tuzilishi tahlil qilinadi. To‘rtinchi 
bosqich buxgalteriya hisobini yuritishning muqobil usullaridan
maqbulini tanlashdan iborat. Beshinchi bosqichda muayyan korxona
uchun buxgalteriya hisobi usullari tanlanadi. Oxirgi, oltinchi bosqichda
tanlangan hisob siyosati hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Hisob siyosatining variantini tanlashga quyidagi omillar ta’sir
ko‘rsatadi:
-

korxonaning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy maqomi (mulkchilik


shakli, tashkiliy-huquqiy shakli, tarmoq va faoliyat turi, ko‘lami);
-

tadbirkorlikdagi joriy va uzoq muddatli maqsadlari (korxonani


kengaytirish, qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish,
raqobatbardoshlikni mustahkamlash va b.);
-

faoliyat xususiyatlari – ishlab chiqarish (texnologik tuzilmasi,


ishlatiladigan resurslar), tijorat (ta’minot va sotigshni tashkil etish, hisob
kitob tizimi va shakllari), moliyaviy (bank, soliq inspeksiyasi bilan
o‘zaro munosabatlar), boshqaruv (tuzilmasi, mulkdorlarga bog‘liqligi,
ularga hisobot taqdim etish tartibi);
-

kadr ta’minoti – xodimlarning malakasi;


-

xo‘jalik vaziyati – bozor infratuzilmasining rivojlanganligi,


buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligining ahvoli.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy tamoyillari va
qoidalari O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi Qonuni, Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari va boshqa
me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan.
Korxona hisob siyosatini tanlashda uning muayyan xo‘jalik
vaziyatiga mos kelishini ta’minlaydigan, ma’lum tamoyillardan kelib
chiqish zarur (4.2-rasm).
To‘liqlik. Korxona tomonidan tanlangan buxgalteriya hisobini
yuritish usullari korxonadagi barcha xo‘jalik faoliyati faqtlarini aks
ettirishi lozim. Ushbu talab har bir faktni hujjatlashtirish vap hisobda aks
ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
O‘z vaqtidalik moyili xo‘jalik faoliyati faktlarini sodir bo‘lgan
paytda aks ettirish lozimligini bildiradi.
Ehtiyotkorlik. Korxonada qo‘llaniladigan usullar buxgalteriya hiso-
bida daromadlar va aktivlarni aks ettirishga qaraganda, yo‘qotishlar va
passivlarni aks ettirish imkoniyatini ko‘proq ta’minlashi lozim. Bu hi-


122
sobga faqat olingan daromadlar qabul qilinishini, ayni paytda barcha


kutilayotgan majburiyatlar va potensial zararlar hisobga olinishi lozim-
ligini bildiradi.
Mazmunning shakldan ustuvorligi. Buxgalteriya hisobining tanlan-
gan usullari sodir bo‘lgan xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning
huquqiy shakli, balki iqtisodiy mazmuni va vujudga kelgan vaziyatdan
kelib chiqqan holda hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin