BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH
4.1. Hisob siyosatining mohiyati, vazifalari, shakllantirish
bosqichlari va tamoyillari
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga quyish usullarining
tartiboti bo‘lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar fak-
tini dastlabki kuzatish (hujjatlashtirish va inventarizatsiya), qiymat
o‘lchovida ifodalash (baholash va Kalkulyatsiya), joriy guruhlash
(schotlar va ikkiyoqlama yozuv) va yakuniy umumlashtirish (balan-
slashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir xildagi
metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha
bo‘ladi. Baholash, Kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish
tartibi va hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati
korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi tanlash erkinligini
bildiradi.
Hisob siyosatining bosh vazifasi – korxona faoliyatini yuqori dara-
jada obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish
maqsadida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat.
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim:
-
xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida
to‘liq aks ettirish (to‘liqlik tamoyili);
-
xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hi-
sobotda o‘z vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili);
-
mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar
va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish,
yashirin rezervlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili);
-
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan
kelib chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish
sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish
(mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili);
-
har oy oxiriga sintetik hisob schotlari bo‘yicha qoldiq va
oborotlarning analitik hisob ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid
bo‘lmaslik tamoyili);
120
-
korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlari-
dan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilon-
alik tamoyili).
Hisob siyosati buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgi-
langan hisob yuritish usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllan-
tiriladi. Agar, buxgalteriya hisobi milliy standartida qandaydir obyekt
uchun hisob yuritish usuli belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi ishlab
chiqishi mumkin. Har ikkala holda hisob siyosatini tashkil etishda
korxonada asosiy talab – buxgalteriya hisobini yuritish usulini tanlash
yagona tamoyilga asoslanishi lozim. Bu quyidagilarni bildiradi: tanlan-
gan hisob yuritish usulining korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari,
jumladan, mustaqil balansga ajratilganlari ham qo‘llashi, aks holda hisob
axborotlarini taqqoslash va umumlashtirish mumkin emas; biron bir
muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan usulni, agar bosh-
qachasi standartda belgilangan bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin; masalan,
barcha faoliyat turlari uchun sotishdan olingan foyda bitta usul – tovar-
larni xaridorga jo‘natish va hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish
me’yoriga qarab aniqlanadi.
Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan
iborat (4.1 rasm).
Dostları ilə paylaş: |