R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Moliyaviy hisobotni taqdim etish va uni e’lon qilish



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə158/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   226
8.4. Moliyaviy hisobotni taqdim etish va uni e’lon qilish 

O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon-


unining 19-moddasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moli-
yaviy hisobotlari quyidagi organlarga taqdim qilinadi:

Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlari taqdim qilinadi:


Soliq organlariga
Ta’sis hujjatlariga muvofiq
mulkdorlarga
Davlat statistika organlariga
Qonunchilikda ko‘zda tutilgan
boshqa organlarga


293
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga mu-


vofiq boshqa ayrim turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun
hisobotni taqdim qilishning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisobotlari
manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun
oshkora hisoblanadi. Manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar yillik
moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko‘chirish sarflarini to‘lab
undan nusxa olish huquqlariga egadirlar.
Ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar,
fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya muassa-
salari har yilgi moliyaviy hisobotini, ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlar
to‘g‘riligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangach, hisobot yilidan
keyingi yilning birinchi mayigacha e’lon qilishlari shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganida (bankrot, ixtiyoriy rav-
ishda yoki boshqa asosda tugatilishi) sud yoki boshqa vakolatli organlar
tomonidan bankrot deb e’lon qilingan yoki tugatish to‘g‘risida qaror
qabul qilingan sanaga yakuniy moliyaviy hisobot tuzadilar. Xo‘jalik yu-
rituvchi subyektni tugatishga doir muomalalarni hisobga olish, tugatish
balansi va hisobotini tuzish uchun javobgarlik tugatish komissiyasiga
yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektni tu-
gatishni amalga oshiradigan boshqa organga yuklatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlari tugatish balansida
tugatish komissiyasi tomonidan aniqlangan bahoda, ya’ni ularni sotish
mumkin bo‘lgan baholarda baholanadi. Umidsiz qarzlar va zararlar
tugatish balansiga kiritilmaydi.
Tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiyatlari
aniqlashtiriladi va ularni tuzish vaqtiga qadar hisoblangan foizlar bilan
birga qo‘shib, tugatish balansida aks ettiriladi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin