9. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatining mazmuni qaysi
javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) korxonaning joriy investision va moliyaviy faoliyatining asosiy
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jumladan korxona ixtiyorida qoladi-
gan foydaning taqsimlanishi va taqsimlanmasligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi
296
B) korxonaning asosiy faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari, jumladan, korxona ixtiyorida qoladigan foydaning
taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiradi
C) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatin-
ing natijalari, jumladan, subyekt ixtiyorida qoladigan daromadning
taqsimlanmasligi to‘g‘risidagi axborotlar kiradi
D) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy faoliyatining nati-
jalariini, jumladan subyekt ixtiyorida qoladigan foydaning taqsimlanishi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar
10. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni qaysi
organlarga taqdim qilinadi?
A) Soliq organlariga, davlat statistika organlariga, ta’sis
hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, qonunchilikda ko‘zda tutilgan
boshqa organlarga
B) Statistika organlariga, jismoniy shaxslarga, mulkdorlarga,
homiylarga
C) Fermer xo‘jaliklari uyushmasiga, oilalarga, jismoniy shaxslarga,
soliq inspeksiyasiga
D) Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlariga, fermer xo‘jaliklari
uyushmasiga, oilalarga, jismoniy shaxslarga
297
IX BOB. STATISTIKANING MAZMUNI, PREDMETI
VA METODI
9.1. Statistika to‘g‘risida umumiy tushuncha
«Statistika» atamasi lotincha «status» so‘zidan olingan bo‘lib, bu
so‘z hodisalarning holati, vaziyati, ahvoli degan ma’noni bildiradi. Ik-
kinchi bir ma’nosi davlat to‘g‘risidagi muayyan bilim, ma’lumotlar
yig‘indisi va davlat ishi bilan shug‘ullanuvchilar degan ma’noni
anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, ushbu nom bilan ayrim davlatlarning tuzil-
ishi va ahvoliga oid bilimlar ham yuritilgan. Shu bilimlarga ega bo‘lgan
shaxslarni davlat va siyosatlar bilimdoni deb atashgan.
Demak, dastlab statistika deganda davlatlar haqidagi turli-tuman
bilimlar (ma’lumotlar) to‘plami tushunilgan, keyinchalik bu nom bilan
ijtimoiy hayotning turli tomonlarini belgilab beruvchi ma’lumotlar yu-
ritilgan va nihoyat ijtimoiy fanlarning maxsus tarmog‘i ham- «Sta-
tistika» deb atalgan.
Hozirgi paytda bu tyermin har xil ma’noda qo‘llaniladi. Statistika
deganda avvalo, ijtimoiy hayotning turli tomonlari-ishlab chiqarish va
uning mahsulini taqsimlash, sotish hamda iste’mol qilish, madaniy,
ma’naviy va siyosiy hayotdagi hodisa va voqealar, aholining moddiy
farovonligi va hokazolarni ta’riflaydigan umumiy ko‘rsatkichlar tu-
shuniladi. Tegishli ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan amaliy faoliyat ham statistika deb ataladi.
Demak, hozirgi kunda statistika nazariyasi o‘z ob’yekti va usuliga
ega bo‘lgan mustaqil fan bo‘lib, amaliy faoliyatidagi mustaqil tarmoqlari
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi, viloyat-
larda statistika boshqarmalari, tumanlarda (shaharlarda) esa statistika
bo‘limlarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Statistika ko‘p asrlik tarixga egadir. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra,
yeramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi hisobi (ro‘yxati), Rossiya
(Moskva) da esa ikki marta (1362 va 1389 yillarda) aholi ro‘yxati
o‘tkazilgan. XV asrda Moskvada «Mirza daftarlari» nomi bilan ma’lum
bo‘lgan maxsus statistik to‘plamlar tuzilgan. Pyotr I davrida «aholi taf-
tishi» nomi bilan mashhur bo‘lgan soliq to‘lovchi aholi ro‘yxatlari
298
o‘tkazila boshlangan. Jami 10 marta taftish (oxirgilari 1857-1860 yil-
larda) o‘tkazilgan. Ulardagi ma’lumotlar XVIII va XIX asrning birinchi
yarmidagi Rossiya aholisining sonini tavsiflovchi yagona manba bo‘lib
hisoblangan.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida
shakllana boshlandi. Shu davrda «Siyosiy arifmetika» degan fan vujudga
keldi. Uning asoschilari ingliz olimlari U.Petti (1623-1687) va Jon
Graunt (1620-1674) bo‘lganlar. U.Pettini o‘z vaqtida iqtisodning «otasi»
va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisidir, deb atashgan.
Yevropada statistikaning asoschisi bo‘lib belgiyalik olim A.Ketle
(1796-1874) hisoblangan. O‘sha davrda Germaniyada P.Axenvall (1719-
1772) birinchi marta «statistika» so‘zini qo‘llagan. Angliyada esa A.
Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan.
Rossiyada statistikaning rivojlanishiga quyidagi olimlar o‘z his-
salarini qo‘shishgan:
N.Tatishchev (1686-1750) birinchi marotaba aholi ro‘yxatini
o‘tkazish bilan birga aholining joriy hisobini tadbiq qilish lozimligini
kun tartibiga qo‘ydi.
I.Krilov (1689-1737) statistika tarixida birinchi marotaba davlatni
tavsiflovchi iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni jadval yordamida izohladi.
P.Juravskiy (1810-1856) birinchi marotaba statistika - fanining
ta’rifini berdi, guruhlash rolini ko‘rsatdi, markaziy statistika boshqarma-
sini tashkil etish to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi.
Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914) ma’lum darajada rus davlati
statistikasining «otasi» hisoblanadi. U 1864 yilda markaziy statistika
qo‘mitasining boshlig‘i etib tayinlangan. Uning rahbarligi ostida 1897
yilda butun Rossiya aholisining ro‘yxati o‘tkazilgan.
E.Yanson (1835-1893) birinchi marotaba Rossiyada nazariy sta-
tistika bo‘yicha darslik yozgan.
Rus statistikasini rivojlantirishda A.I.Chuprov (1842-1908),
AL.Chuprov (1974-1926), N.A.Kablukov (1849-1919), A.A.Kaufman
(1864-1919), V.E.Varzar (1851-1910) va boshqalar juda katta xizmat
qilishgan.
Rus statistikasining rivojlanishida zemstvo statistikasi alohida o‘rin
tutadi. Bu statistika XIX asrning boshlarida vujudga kelgan edi. V.I.
Orlov (1849-1885), A.P.Shlikeviya (1849-1909), A.A.Rusov (1847-
1915) va boshqalar zemstvo statistikasining buyuk namoyandalaridan
bo‘lib hisoblanadi. Zemstvo statistikasi yer va uning sifati, undan oli-
nadigan daromadni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Ularning to‘plagan
299
ma’lumotlaridan keyinchalik bir qancha iqtisodchi olimlar juda keng
foydalanishgan.
Sobiq ittifoq davrida statistika nazariyasi va amaliyotini rivojlanti-
rishda quyidagi olimlarning xizmatlari kattadir:
Akademik S.R.Strumilin (1877-1975) - mehnat resurslari, mehnat
unumdorligi, ilmiy texnika taraqqiyoti kabi muhim muammolarni
yechishning yangi usullarini ishlab chiqdi.
Akademik V.S.Nemchinov (1894-1964) - qishloq xo‘jaligi statisti-
kasiga asos solgan birinchi olimdir. U iqtisodiy tadqiqot fanida yangi,
ya’ni iqtisodiy tadqiqot va rejalashtirishda matematika usulini qo‘llashni
asoslab berdi.
V.N.Starovskiy, M.I.Smit, B.S.Yastremskiy, M.V.Gurevich,
L.V.Nekrash, A.I.Rotshteyn, D.V.Savinskiy, S.M.Yugenburg, G.A.Bak-
lanov, A.I. Gazulov, N.K.Drujinin, A.I.Ejov, A.I.Petrov, G.V.Rya-
bushkin, E.N. Freymundt, A.M.Dubrov, V.E.Adamov, V.M. Ryabsev
kabilar yuqori malakali statistlarni tayyorlashda muhim hissa qo‘shdilar.
Bu fanni O‘zbekistonda rivojlantirishda professorlar N.Soatov,
E.Akramov, I.Yermatov, X.Nabiyev, S.Sirojiddinov, Yo.Abdullayev,
M.Xamroyev, Z.Toshmatov, X.Shodiyev, B.Usmonov, A.Nabixo‘jayev
va X.Xo‘jaqulov kabi olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |