302
Masalan, tug‘ilishlardagi o‘g‘il bolalar bilan qizlar sonining nis-
batidagi umumiy qonuniyatni olaylik.
Shartli ravishda olsak, viloyat
miqyosida har 100 ta tug‘ilishdan 51 tasi o‘g‘il va 49 tasi qizdir.
Vaholanki, ayrim oilalarda bu nisbat turlicha, ya’ni faqat o‘g‘il bolalar,
faqat qiz bolalar yoki aralash bo‘lishi mumkin.
Demak, bir qancha tasodiflar orqali o‘ziga yo‘l ochuvchi va ularni
tartibga soluvchi ichki qonun faqatgina katta to‘plamdagi
miqdor olin-
gan vaqtdagina namoyon bo‘ladi.
Endi statistika fanining usulini ko‘rib chiqamiz.
Statistika dialektik va tarixiy materializm hamda iqtisodiy nazari-
yaga suyangan holda o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarga to‘g‘ri tavsif-
noma berishi mumkin. Chunki bu fanlar ijtimoiy hayotdagi hodisalar-
ning mohiyati va rivojlanishini belgilab beradi.
Shuning uchun ham bu
fanlar statistik fanining ilmiy nazariy asosini tashkil etadi.
Masalan, har bir xodimga ish haqi hisoblashdan oldin, statistika ish
haqi darajasining mohiyatini iqtisodiy nazariya fanidan aniqlab oladi.
Shu bilan birga statistika fani o‘zining xususiy o‘rganish usullariga
egadirki, bu usullar dialektik materializmning
belgilangan talab va qoi-
dalaridan kelib chiqadi. Bunda o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarni bir-
biridan ajratmasdan, balki ularni bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda va alo-
qadorlikda o‘rganadi.
Demak, o‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarni
kuzatayotganda ular-
dagi tomonlarni alohidalikda, bir-biridan ajralgan holda emas, balki shu
hodisaga
taalluqli barcha tomonlarni, aloqalarni birgalikda olib
o‘rganish zarur. Bu aloqalarni bilish juda katta ahamiyatga egadir, ya’ni
odamlar bu aloqalarni bilib olib, obyektiv
dunyoning qonunlarini kashf
etadilar.
Statistika dialektikaning qonun-qoidalariga asoslanib o‘zining
xususiy usullarini ishlab chiqqan. Ular quyidagilardan iboratdir:
Dostları ilə paylaş: