R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Statistik to‘plam va ko‘rsatkichlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə166/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   226
9.3. Statistik to‘plam va ko‘rsatkichlar 

Bizga ma’lumki, ijtimoiy hayot ko‘p qirrali bo‘lib, bularning


tarkibi xilma-xil bo‘lgan ommaviy hodisa va jarayonlardan tashkil
topgan. Bularga moddiy boylikni ishlab chiqarish, savdo, qurilish, yuk
tashish va shu kabilar kiradi. Bu ta’kidlab o‘tilgan hodisa va
jarayonlarning har biri alohida statistik to‘plamni tashkil etadi.
Demak, statistik to‘plam deb, bir xil tip (toifa)dagi ijtimoiy hodi-
salarning faqat darajalari bilan farqlanuvchi belgilarni tushunamiz. Ma-
salan, fermer xo‘jaliklari bo‘yicha ishlab chiqarilgan paxtaning hajmi,
xodimlar soni, ish haqi darajasi va shu kabilar bir-biridan farqlanadi. Bu


307
yerda so‘z ayrim fermerlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi,


xodimlar soni va ish haqi darajalari o‘rtasidagi munosabat qanday
bo‘lganligi to‘g‘risida bormay, balki umuman xo‘jalik bo‘yicha ushbu
munosabat qanday miqdorda ifodalanishi ustida borayotir. Shu jihatdan
ushbu korxonani bir turdagi hodisalar, birliklar, elementlar deb qarash
mumkin va shu asosda statistik to‘plamda shu to‘plamning muhim bel-
gisi aniqlanadi.
Statistik to‘plamning muhim belgisi deb, shu to‘plamda ichki
o‘zgaruvchanlikning mavjud bo‘lishiga aytiladi.
Masalan, har bir fermer bo‘yicha ishlab chiqarilgan paxtaning ha-
jmi yoki ishchilarning soni misol bo‘la oladi. Bularning har biri alohida-
alohida bir-biri bilan qo‘shilib, pirovard natijada xo‘jalik bo‘yicha jami
ishlab chiqarilgan paxta miqdori yoki ishchilar soni bilan ifodalangan
miqdorlarga ega bo‘lamiz. Bunday miqdorlar statistikada o‘zgaruvchan 
belgilar deb ataladi. Shu belgilar asosida esa statistika ommaviy-ijti-
moiy hodisalarni o‘rganadi va ularning rivojlanish qonuniyatlarini bel-
gilab beradi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, har bir statistik to‘plam birliklari
o‘zining ayrim xususiyatlariga ega bo‘lib, bu xususiyatlar shu
to‘plamdagi barcha birliklar uchun umumiy bo‘lgan tomonini mujas-
samlashtiradi.
Masalan, har bir qishloq xo‘jaligi korxonasini bir qator belgilar bi-
lan tavsiflash mumkin: xo‘jalikning ishlab chiqarish yo‘nalishi, yer
fondining hajmi, ishlovchilar soni va shu kabilar bilan, lekin hamma
qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha bir tip
(toifada)dagi korxonalar bo‘lib, ijtimoiy shakli bo‘yicha-fermer xo‘jaligi
bo‘lib hisoblanadi hamda bular birgalikda statistik to‘plam birligini
tashkil etadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin