R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


(sanoat statistikasi, qishloq xo‘jaligi statistikasi, savdo statistikasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə169/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   226
(sanoat statistikasi, qishloq xo‘jaligi statistikasi, savdo statistikasi va
hokazo), nazariy va iqtisodiy statistika ko‘rsatkichlarga asoslanib, xalq
xo‘jaligining ayrim tarmoq va sohalari xususiyatlarini hisobga oladigan
ko‘rsatkichlar tizimini aniqlaydi va ularni hisoblash usullarini bayon
etadi.
Statistika eng avvalo iqtisodiy nazariya fani bilan bog‘langan. U
ushbu fandan iqtisodiy kategoriyalar - qiymat, ish haqi, tovar, mehnat 
unumdorligi, ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, foyda va shu kabilar
haqidagi tushunchani hamda iqtisodiy qonunlarning mohiyatini bilib
oladi, keyin esa aniq sharoitda ular qanday amal qilayotganini miqdor
jihatdan belgilaydi.
Bu bog‘lanishni quyidagicha ifodalash mumkin: «... foyda
me’yorini hosil qilishda amal qilayotgan munosabatni bilgan taqdirda-
gina statistika turli mamlakatlarda, turli davrlar uchun ish haqi darajasini
haqiqiy tahlil qilishga qodir bo‘la oladi». Bu xususida akademik
S.G.Strumilinning «Iqtisodiyot nazariyasi tugagan joydan statistika
boshlanadi» degan so‘zi ham juda o‘rinlidir.
Statistika Falsafa fani bilan ham chambarchas bog‘langan. Falsa-
faning sifat, miqdor va o‘lchov, mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat
alohidalik va umumiylik kabi kategoriyalari hamda miqdorning sifatga
o‘tish, ziddiyatlar kurashi va birligi qonunlari ham statistika uchun katta
ahamiyatga egadir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyalarini bilish statistika fani uchun
juda ham muhim. Ma’lum sharoit mavjud bo‘lgan taqdirda albatta yuz
beradigan hodisa yoki voqea zaruriyat deb ataladi. U rivojlanuvchi ho-
disaning mohiyatidan, ichki talablaridan kelib chiqadi. Zaruriyatdan
farqli o‘laroq tasodifning albatta sodir bo‘lishi shart emas.
Tasodif muayyan narsaning tabiatidan kelib chiqmaydi, u barqaror
va vaqtinchadir. Ammo tasodif sababsiz yuz bermaydi. Uning sababi
narsaning o‘zida bo‘lmay, balki undan tashqarida-tashqi shart-sharoit-


310
larda bo‘ladi. Masalan, biron-bir joydan foydali qazilma boylikning to-


pilishi tasodifiy tavsifga ega, shu asosda tegishli qayta ishlaydigan sa-
noat korxonasining qurilishi esa zaruriy tavsifiga ega va hokazo.
Tasodif va zaruriyatning dialektik tarzda o‘zaro bog‘liqligi ulkan 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin