R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


Sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlar tizimi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə168/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   226
5. Sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlar tizimi. Bunda kasalxonalar,
dispanserlar, sanatoriyalar va shu kabi sog‘liqni saqlash muassasalari-
ning miqdori, shuningdek, vrachlar va bularga xizmat ko‘rsatuvchi xo-
dimlar soni aniqlanadi va hokazo.
Bu ko‘rsatkichlar tizimi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan
bo‘lib, yagona statistik ko‘rsatkichlar tizimini tashkil etadi.

9.4. Statistika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi 

Statistika ko‘p tarmoqli ijtimoiy fan hisoblanadi. Statistika fani


uchun umumiy xos bo‘lgan xususiyatlarni statistikaning umumiy naza-
riyasi o‘rganadi. Agarda, statistika tarixi shu fanning kelib chiqishi,
shakllanishi, tashkil topishi, uning rivojlanish bosqichlarini batafsil
o‘rgatsa, matematik statistika esa tarmoqlararo balanslarni tuzish, kor-
relyasion-regression tahlil etish usullarini qo‘llash, ko‘p variantli basho-
ratlarni tuzish yo‘llarini o‘rgatadi.
Ijtimoiy statistika aholi turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
hodisalarni statistik usullarda batafsil o‘rganadi. Jumladan, aholi (de-
mografik) statistikasi aholining‘ soni, tarkibi, dinamikasi, tabiiy
o‘sishi, migratsiyasi va hokazolarni o‘rgansa, jinoyat va sud statistikasi 


309
esa aholi o‘rtasidagi qonunbuzarlik, jinoyat va unga qarshi kurash, sud


jarayonlarini o‘rganadi. Mehnat statistikasi aholining faol ishini, ya’ni
xalq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi soni, tarkibi, dinamikasi, ulardan
foydalanish darajasi va shu kabilarni statistik usullarda o‘rganadi. Iqti-
sodiy statistika ikkita yirik tarmoqqa bo‘linadi. Birinchi tarmoqdagi
fanlar (mintaqaviy statistika, xalqaro statistika, bozor iqtisodiyoti 
statistikasi va hokazo) xalq xo‘jaligi miqyosida ro‘y berayotgan hodisa
va voqealarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uz-
viy bog‘lanishda olib boradi. Ayrim tarmoqlar va korxonalar statistikasi

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin