10
larida amalga oshiriladi. Ayrim operativ hisob ma’lumotlaridan faqat
bevosita korxonada foydalanilib qolmasdan, balki ular korxonaga
rahbarlik qiluvchi yuqori tashkilotlarda, hatto iqtisodiyot tarmoqlari
miqyosida alohida operativ hisobot ko‘rinishida
ham umumlashtirilishi
mumkin. Bunday hisobotlardan esa, mahsulot ishlab chiqarish miqdori
va sifati, xom-ashyo bilan ta’minlanganlik darajasi, hosilni
yig‘ishtirishning borishi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlarni olishda
foydalaniladi.
Nazorat qilinayotgan xo‘jalik muomalalarining mazmuniga ko‘ra
operativ hisobda natura va mehnat o‘lchovlari,
ayrim hollarda esa pul
o‘lchovlari qo‘llaniladi.
Ta’kidlanganidek, operativ hisob tomonidan boshqaruv apparatiga
taqdim etiladigan axborot kundalik xo‘jalik muomalalari alohida
qismlarining mazmuni to‘g‘risida javob bera olishi sababli zarur. Maz-
kur axborotning vaqt oralig‘ida chegaralanganligi – operativ hisobning
birinchi ajralib turuvchi belgisi hisoblanadi.
Bunday axborotlarni hisobning boshqa turlaridan olish ularga g‘ov
bo‘lishi va quyilgan vazifalarni hal etishga tizimli yondashuvni
qo‘llashni yuzaga chiqarmasligi mumkin. Shuning uchun ushbu
bo‘shliqni o‘z tabiatiga ko‘ra bir xil bo‘lmagan,
operativ hisob
to‘ldiradi. Operativ hisob xo‘jalik hisobiga xos bo‘lgan uchala
o‘lchovdan foydalansa ham, shunga qaramasdan, pul o‘lchovidan foy-
dalanish unda cheklangan. Bu operativ hisobda asosan doimiy ravishda
umumlashtirish talab qilinmaydigan, ayrim bir xil xo‘jalik
muomalalari
aks ettirilishi bilan bog‘liq. Mazkur hisob turining farq qiluvchi ikkinchi
belgisi ham mana shundan iborat.
Bunday axborotlarni olishning tezkorligi operativ hisobning
uchinchi farq qiluvchi belgisi hisoblanadi. Opyerativ axborotlarni ol-
ishga bo‘lgan talablarning soddalashtirilishi shundan kelib chiqadi.
Operativ hisob axborotlari hujjatlashtirilmaganligi bois, ular yuridik
dalillovchi kuchga ega emas. Agar operativ
hisob axborotlarining tay-
inlanishidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, bunday dalillash shart emas.
Operativ hisobning to‘rtinchi farqlovchi belgisi mana shundan iborat.
Opyerativ axborotlar, odatda, og‘zaki, telefon yoki telegraf, tele-
tayp orqali uzatiladi. Ayrim hollarda bunday axborotlar ma’lumotnoma,
xizmat yozuvi va boshqa ko‘rinishda rasmiylashtirilib, bu operativ hi-
sobot tuzish deb qaralishi mumkin. Zarur hollarda operativ hisobda
statistik va buxgalterlik hisobdan olingan axborotlar ham qo‘llaniladi.
Bu operativ hisobning beshinchi o‘zishga xos belgisidir.
Hisobning