1 10.
01
109
Qishloq xo‘jalik korxonalarida hisob yuritishning jurnal-order
shaklini qo‘llash amaliyoti uning ma’lumotlarini qo‘lda ishlash va klav-
ishali hisoblash mashinalaridan foydalanish sharoitida samarali
ekanligini isbotlamoqda.
Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shakli. Hisobning
avtomatlashtirilgan shakli elektron hisoblash mashinalari(EHM)dan
foydalanish asosida buxgalteriya hisobini to‘liq
avtomatlashtirish va
kompyuterlashtirishga asoslanadi.
Hisob ma’lumotlariga ishlov berish uchun EHMdan foydalanishni
ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqichda ishlab chiqilgan
buxgalterlik hisobini EHMda to‘liq avtomatlashtirishning namunaviy
loyihasi buxgalterlik hisobini EHMda to‘liq avtomatlashtirishning
xususiyatlari saqlanib qolinganligi uchun EHM imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanilmagan. Bunda shartli doimiy ma’lumotlarning ko‘p qismi
bevosita hujjatlardan kiritiladi. Natijada,
u har bir muayyan holda
mashinaga kiritilganligi uchun o‘zgaruvchan ma’lumotga tenglashtiril-
ganday bo‘ladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni to‘plash va ro‘yxatga
olish hamda hujjatlarga hisoblash-ishlov berish avtomatlashtirilmagan.
Ikkinchi bosqichda hisob vazifalarini to‘liq avtomatlashtirish va
pyerifyerik texnikadan keng foydalaniladi. Bunda dastlabki
ma’lumotlarnigina qayd qilishni avtomatlashtirish, uni aloqa shahob-
chalari va boshqa usullar yordamida EHMga uzatishga imkon yaratiladi.
Bu vaqtda ma’lumotlarga
hisoblash-ishlov berish, axborotlarni saralash,
mashinagrammalarni pechatlash, hamda nazorat qilish bilan aloqador
bo‘lgan barcha ma’lumotlar avtomatlashtiriladi. Avtomatlashtirilgan hi-
sob shaklining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
ma’lumotlarni yig‘ish va qayd qilish vositalaridan foydalanish;
shartli-
doimiy ma’lumotlarga o‘zgaruvchan ma’lumotlar bilan birgalikda ishlov
berilganda, ulardan ko‘p marta foydalanish uchun EHMning xotirasida
to‘plash va dastlabki hujjatlardan barcha shartli-doimiy rekvizitlarni
chiqarish hisobiga ularning mazmunini soddalashtirish; dastlabki ish
hujjatlarining ma’lumotlari va ma’lumot (EHMga
kiritilgan shartli-do-
imiy ma’lumot) massivlari asosida ma’lumotlarning oraliq massivlarini
shakllantirish; avtomatik nazorat qilish va xatolarni ma’lumotlarga ish-
lov berish texnologik jarayonining barcha bosqichlarida tuzatib borish:
natijaviy ma’lumotlar registri sifatida zarur ko‘rsatkichlar oldindan har-
flar bilan belgilangan mashina hujjatlari-mashinagrammalardan foy-
dalanish.
110
Oraliq massivlar natijaviy ma’lumotlar olish uchun berilgan dastur
bo‘yicha o‘zgartiriladi, ma’lumotlarni xos raqami (kod) bilan belgilash
ayrim nomenklatura darajasida va to‘plamida ham bir xil amalga oshiri-
ladi. Ular mashina xotirasiga rasmiylashtirilgan,
tasniflagich
ko‘rinishida kiritiladi. Bunda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili –
xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirish to‘liq
saqlanib qoladi. Natijaviy ma’lumot mashina chiqargichlarida va displey
ekranida chiqishi mumkin. Elektron hisoblash mashinalari (EHM)
asosida ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini
yaratish buxgalterlik hisobi oldiga yangi talablar qo‘yadi.
Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobining shakllarini rivojlantirishga
zaruriyat kuchaymoqda. Bu rivojlanish hisobni zamonaviy elektron
hisoblash mashinalaridan foydalanish negizida to‘la
kompyuterlashtirish
yo‘lidan bormoqda.
Hisoblash texnikasini qo‘llash jarayonining butun tizimini tako-
millashtirish, ya’ni dastlabki hisobdan to davriy va yillik hisobotlar
tuzgunga qadar nazorat, ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirish va bosh-
qarish oldiga quyiladigan zamonaviy talablarga muvofiq takomil-
lashtirilib borilishi lozim (3.5-rasm).
Dostları ilə paylaş: