R. D. Do‘smuratov, B. Yu. Mengliqulov qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari


-rasm. Alohida ish turlari bo‘yicha rejalar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə82/226
tarix14.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#178878
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   226
4.5-rasm. Alohida ish turlari bo‘yicha rejalar 

Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etish rejasida bux-


galteriya apparatining tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir
xodimga lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqiladi, ularning malakasini
oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuzi-
ladi (4-8- ilovalar).
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar
bilan aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini
markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish
to‘g‘risidagi masalani hal etish zarur.
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob appa-
rati markaziy buxgalteriyada jamlanadi va unda alohida bo‘linmalar
(bo‘lim, omborxona va h.k.)dan kelib tushuvchi dastlabki va yig‘ma hu-
jjatlarga asosan sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga oshiriladi.
Korxona bo‘linmalarida esa faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hu-
jjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati
korxonaning alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va
analitik hisob amalga oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa
tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlari tuziladi. Bu holda
markaziy buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlarini
umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va hisobotlarni
tuzadi hamda tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning
yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning
turlari
Hujjatlashtirish rejasi va hujjatlar
aylanishi grafigi
Buxgalteriya xodimlarining
mehnatinitashkil etish rejasi
Inventarizatsiya rejasi
Bajariladigan hisob ishlarining
individual grafigi
Hisobni texnik rasmiylashtirish rejasi
Bajariladigan hisob ishlarining
tuzulmaviy va yig‘ma grafigi


136
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markaz-


lashtirish bosh buxgalter tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning
ta’sirchanligini ta’minlaydi, hisob xodimlari o‘rtasida mehnat
taqsimotini maqsadga muvofiq amalga oshirish va EHM dan samarali
foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun, buxgalteriya hisobini faqat
yirik korxonalarda markazlashtirilmagan holda tashkil etish maqsadga
muvofiq.
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi
tizimi qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan
kelib chiqqan holda qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi
tashkil etilib, tarkibiy bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tash-
qari ayrim sintetik schotlar bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar
hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi
hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda yakuniy buxgalteriya
hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari tuzilmaydi.
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ish-
larining grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi.
Hisob ishlari grafiklarining asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida vazi-
falarni taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, hi-
sob xodimlarining mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar bel-
gilanmoqda. Bunday grafiklar individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi
mumkin.
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi to-
monidan qanday ishlar va ular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi.
Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda
(xafta, oy, chorak va h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi.
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida
tarkibiy bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiy bo‘lim, omborxona va
h.k.) tomonidan qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi
ko‘rsatiladi.
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini
bajarish (inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hi-
sobotlarni tuzish va sh.k.) muddatlari ko‘rsatiladi. Unda korxona
bo‘yicha butun hisob-jarayoni umumlashtirilgan holda aks ettiriladi.
Uning bajarilishi uchun korxona bosh buxgalteri mas'ul hisoblanadi.
Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida tuzilib, ularda re-
jalashtirilgan ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi quyish
ko‘zda tutiladi.

137


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin