R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Fond qaytimi ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

8. Fond qaytimi ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi? 


186 
A) Yalpi mahsulot hajmini asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik 
qiymatiga bo‘lish orqali 
B) Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatini yalpi mahsulot 
hajmiga bo‘lish orqali 
C) Sof foydani asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish orqali 
D) Yalpi mahsulot hajmini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish 
orqali 
9. Fond sig‘imi ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi? 
A) Yalpi mahsulot hajmini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish 
bilan aniqlanadi 
B) Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatini yalpi mahsulot 
hajmiga bo‘lish bilan aniqlanadi 
C) Sof foydani asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish bilan 
aniqlanadi 
D) Yalpi mahsulot hajmini asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik 
qiymatiga bo‘lish bilan aniqlanadi 


187 
VIII BOB. DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARINING TAHLILI 
8.1. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilining maqsadi, vazifalari va 
axborot manbalari
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan 
o‘zaro turli hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Subyektning moliyaviy holatining 
mustahkamligini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bu mazkur hisob-
kitoblarni to‘g‘ri tashkil etgan holda to‘lov imtizomiga rioya qilish hisoblanadi. 
Chunki, o‘zaro hisob-kitoblarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasligi 
natijasida debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi. Ushbu qarzlarning katta 
hajmda to‘planib qolishi bevosita subyekt moliyaviy holatining yomonlashuviga 
ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, debitorlik qarzlarining katta hajmda paydo bo‘lishi 
mavjud 
mablag‘larni muomaladan chiqarilishi natijasida o‘z aylanma 
mablag‘larining yetishmovchiligi yuzaga keladi, bu esa kreditorlik qarzining 
oshishiga olib keladi, bunday holat esa, subyektning moliyaviy ahvoliga salbiy 
ta’sir qiladi. Shu bois, debitorlik va kreditorlik qarzlar bilan bog‘liq jarayonni 
uzluksiz tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlil qilib o‘rganilar ekan, birinchi 
navbatta debitorlik va kreditorlik qarzlari deganda qanday qarzlar ekanligini 
tushunib olishimiz lozim. Ya’ni, d
ebitorlik qarzlari
bu xo‘jalik yurituvchi 
subyektning boshqa korxona va tashkilotlardan olishi lozim bo‘lgan 
majburiyatlaridir. 
Kreditorlik qarzlari
esa xo‘jalik subyektining boshqa korxona va 
tashkilotlarga to‘lashi lozim bo‘lgan majburiyatlaridir. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlarining 
mavjud holatini o‘rganish orqali ularning aylanish davrini tezlashtirish 
imkoniyatlarini aniqlash asosida moliyaviy holatini yaxshilash debitorlik va 
kreditorlik qarzlari tahlilining asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda debitorlik va kreditorlik qarzlari 
tahlilining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 


188 
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy holatiga va ular o‘rtasidagi 
tenglik nisbatiga baho berish; 
-
debitorlik qarzlarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho 
berish; 
-
kreditorlik qarzlarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho 
berish; 
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi va uning 
o‘zgarishiga baho berish; 
-
muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining mavjudligini 
aniqlash va ularni tugatish yo‘llarini o‘rganish; 
-
debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlari to‘lash bo‘yicha 
mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berish. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili tegishli axborot manbalaridan 
foydalanish asosida amalga oshiriladi. Bunday axborot manbalari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari; 
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining 
tegishli schyotlar ma’lumotlari. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin