R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy holati tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

8.2. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy holati tahlili 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlil qilib o‘rganilar ekan, birinchi navbatta 
mazkur qarzlarining umumiy holatiga baho berib o‘rganishdan boshlanadi. Bunda 
muayyan davrga bo‘lgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi, ularni o‘zaro 
solishtirish orqali ortiqchaligi va aksincha holatlari o‘rganilgan holda baho 
beriladi. Shu bilan birga, ularning vujudga kelish sabablari ham o‘rganiladi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy holatiga baho berishda asosiy 
axborot manbalaridan biri bu buxgalteriya balansi (1-sonli shakl) hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27 dekabrdagi 140-sonli 


189 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Buxgalteriya balansi”ga muvofiq debitorlik va 
kreditorlik qarzlari qatoriga quyidagilar kiritiladi (8.1-jadval). 
8.1-jadval 
Buxgalteriya balansiga ko‘ra debitorlik va kreditorlik qarzlari tarkibi 
Ko‘rsatkichlar 
Satr 
raqami 
Ko‘rsatkichlar 
Satr 
raqami 
Debitorlik qarzlari 
Kreditorlik qarzlari 
Xaridorlar va buyurtmachilarning 
qarzlari (4000 dan 4900 ning 
ayirmasi) 
220 
Mol 
yetkazib 
beruvchilar 
va 
pudratchilarga qarz (6000) 
610 
Alohida 
bo‘linmalarning qarzlari 
(4110) 
230 
Sho‘‘ba 
va 
qaram 
xo‘jalik 
jamiyatlariga qarz (6120); 
630 
Sho‘‘ba 
va 
qaram 
xo‘jalik 
jamiyatlarining qarzlari (4120) 
240 
Soliq 
va 
majburiy 
to‘lovlar 
bo‘yicha 
kechiktirilgan 
majburiyatlar (6240) 
650 
Xodimlarga 
berilgan 
bo‘naklar 
(4200) 
250 
Olingan bo‘naklar (6300) 
670 
Mol 
yetkazib 
beruvchi 
va 
pudratchilarga berilgan bo‘naklar 
(4300) 
260 
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz 
(6400) 
680 
Byudjetga 
soliq 
va 
yig‘imlar 
bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (4400) 
270 
Sug‘urtalar bo‘yicha qarz (6510) 
690 
Maqsadli davlat jamg‘armalari va 
sug‘urtalar 
bo‘yicha 
bo‘nak 
to‘lovlari (4500) 
280 
Davlatning 
maqsadli 
jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha 
qarz (6520) 
700 
Ta’sischilarning 
ustav 
kapitaliga 
ulushlar bo‘yicha qarzi (4600) 
290 
Ta’sischilarga 
bo‘lgan 
qarzlar 
(6600) 
710 
Xodimlarning boshqa operasiyalari 
bo‘yicha qarzi (4700) 
300 
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz 
(6700) 
720 
Boshqa debitorlik qarzlari (4800) 
310 
Boshqa kreditorlik qarzlari (6950 
dan tashqari 6900) 
760 
Shu ta’kidlab o‘tish kerak-ki, kreditorlik qarzlari ikki guruhga, ya’ni uzoq 
muddatli kreditorlik qarzlari va joriy kreditorlik qarzlariga bo‘linadi. Biz 8.1-
jadvalda joriy kreditorlik qarzlari tarkibini keltirib o‘tdik. Uzoq muddatli 
kreditorlik qarzlari tarkibiga ham yuqoridagi axborot manbaiga ko‘ra quyidagi 
qarzlar kiritilgan: 
-
mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan uzoq muddatli qarzlar (7000); 
-
sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan uzoq muddatli qarzlar (7120); 
-
soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati kechiktirilgan uzoq muddatli 
majburiyatlar (7240); 
-
xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar (7300); 


190 
-
boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (7900). 
Mazkur axborot manbaidan foydalangan “Sharq” fermer xo‘jaligining 
debitorlik va kreditorlik qarzlariga baho berishda ularni balans holatiga keltirib 
o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (8.2-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin