R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

8.10-jadval 
Kreditorlik qarzlari aylanuvchanligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni 
aniqlash tartibi 
Ko‘rsatkichlar 
Aniqlash tartibi 
Izoh 
Kreditorlik qarzlarining 
aylanish koeffitsiyenti 
(Ka) 
Ka = IT / KQ 
Bu yerda: IT – sotilgan mahsulot (ish, 
xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxi; 
KQ – kreditorlik qarzlari
Bu ko‘rsatkich kreditorlik 
qarzlarini 
pulga 
aylanish 
darajasini ifodalaydi 
Kreditorlik qarzlarining 
aylanish davri (Ad) 
Ad = KQ x 360 / IT 
Bu ko‘rsatkich kreditorlik 
qarzlarini necha kundan keyin 
aylanma mablag‘ tarkibiga 
o‘tishini ifodalaydi 
“Sharq” fermer xo‘jaligining kreditorlik qarzlarini aylanuvchanligiga baho 
berish uchun ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (8.11-jadval). 
8.11-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida 
kreditorlik qarzlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4864 ming so‘mga 
qisqargan. Biroq, sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi 
esa hisobot yilida 36740 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday o‘zgarishlarning 
natijasida fermer xo‘jaligida kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan 
yilgi 20,0 koeffitsiyentdan hisobot yiliga kelib 26,0 koeffitsiyentgacha ko‘tarilgan. 
Ya’ni, kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi tezlashgan. 


203 
8.11-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida kreditorlik qarzlari aylanuvchanligining tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yili 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+,-) 
1. Jami kreditorlik qarzlari, ming so‘m 
27270 
22406 
-4864 
2. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab 
chiqarish tannarxi, ming so‘m 
546908 
583648 
+36740 
3. Kreditorlik qarzlarining muddati o‘tgan qismi, 
ming so‘m 



4. Kreditorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti 
(2/1) 
20,0 
26,0 
+6 
5. Kreditorlik qarzlarining aylanish davri, kun 
hisobida (1*360/2) 
18 
14 
-4 
6. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari ulushi, % 
(4/1*100)



Bunday holat fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat hisoblanadi. Shuningdek, 
kreditorlik qarzlarining aylanish davri o‘tgan yilgi 18 kundan hisobot yiliga kelib 
14 kungacha qisqarganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday natijalar bir qator 
omillar ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lib, endi mazkur ko‘rsatkichlarga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tahliliga to‘xtalib o‘sak. 
Kreditorlik qarzlari aylanish koeffitsiyentini yuqoridagi 8.10-jadvalda 
keltirilgan aniqlash tartibiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichning o‘zgarishiga ikki omil 
ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni: 
-
 
sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi 
summasining o‘zgarishi; 
-
 
kreditorlik qarzlari summasining o‘zgarishi. 
Kreditorlik qarzlari aylanish koeffitsiyentiga omillar ta’sirini “Qayta 
hisoblash” usuli orqali tahlil qilib o‘rganish mumkin. Buning uchun shartli 
aylanish koeffitsiyentini aniqlab olish lozim. Uni aniqlash uchun hisobot yilidagi 
sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini (IT) o‘tgan 
yildagi kreditorlik qarzlariga (KQ) bo‘lish kerak: 
Kkqa
sh
= IT
1
/ KQ
0
= 583648 / 27270 = 21,4 ming so‘m. 
Mazkur tartibda kreditorlik qarzlarining ham shartli aylanish davri aniqlab 
olinadi. 
Ushbu bog‘lanish ko‘rsatkichlari aniqlangandan so‘ng, ularning o‘zgarishi 


204 
va omillar ta’siri quyidagicha aniqlanadi (8.12-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin