R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Investisiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliq to‘lashlardagi pul



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

9.3. Investisiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliq to‘lashlardagi pul 
oqimining tahlili 
Investisiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli 
aktivlar va boshqa investisiya obyektlarini sotib olish va sotish. Boshqacha 
aytganda, pul mablag‘larining investision faoliyat bo‘yicha harakati uzoq muddatli 
aktivlarni shakllantirish va qisqartirish hamda uzoq va qisqa muddatli 
investisiyalarni sotib olish, sotish muomalalari natijasida yuzaga keladi
(9.4-jadval). 
9.4-jadval 
Investision faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati 
Pul tushumlari 
Pul to‘lovlari 
Asosiy vositalarni sotishdan olingan pul 
tushumlari 
Asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq 
to‘lovlar 
Nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan pul 
tushumlari 
Nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bog‘liq 
to‘lovlar 
Uzoq va qisqa muddatli investisiyalarni 
sotishdan olingan tushumlar 
Uzoq va qisqa muddatli investisiyalarni sotib 
olish bo‘yicha pul to‘lovlari 
Boshqa pul tushumlari 
Investision faoliyatning boshqa pul to‘lovlari 
Moliyaviy faoliyat - xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‘lib, uning 


214 
natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz 
beradi. Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda ularni quyidagicha tasniflash mumkin 
(9.5-jadval). 
9.5-jadval 
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati 
Pul tushumlari 
Pul to‘lovlari 
Olingan foizlar va dividendlar 
To‘langan foizlar va to‘langan dividendlar 
Aksiyalarni chiqarishdan yoki xususiy kapital 
bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa instrumentlardan 
kelgan pul tushumlari 
Xususiy aksiyalar sotib olingandagi pul 
to‘lovlari 
Uzoq va qisqa muddatli qarzlarning olinishi 
Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlarning 
to‘lanishi 
Uzoq va qisqa muddatli kreditlarning olinishi 
Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) 
bo‘yicha pul to‘lovlari 
Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari Moliyaviy faoliyatning boshqa pul to‘lovlari 
Soliqqa tortish – xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan to‘langan foyda 
solig‘i va boshqa soliqlar hamda majburiy to‘lovlar summasining chiqib ketishi 
natijasida yuzaga keladi (9.6-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin