R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  Xorijiy valyuta bo‘yicha pul mablag‘larining harakati



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

9.8-jadval 
Xorijiy valyuta bo‘yicha pul mablag‘larining harakati 
Pul tushumlari 
Pul to‘lovlari 
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan 
xorijiy valyuta bo‘yicha pul mablag‘lari 
tushumi 
Ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga 
kiritilgan xorijiy valyuta bo‘yicha sarf 
xarajatlar 
Konvertasiya 
hisobiga 
tushgan 
pul 
mablag‘lari tushumi 
Ishlab chiqarishni rivojlantirishga qilingan 
xorijiy valyuta bo‘yicha sarf xarajatlar 
Xorijiy valyuta ko‘rinishida olingan kreditlar 
bo‘yicha pul mablag‘lari tushumi 
Mahsulot yetkazib beruvchilarga xorijiy 
valyuta bo‘yicha to‘lovlar 
Boshqa manbalar hisobiga kelib tushgan 
xorijiy valyuta bo‘yicha pul mablag‘lari 
tushumi 
Kredit bo‘yicha to‘lovlar, shu jumladan 
foizlar 
boshqa maqsadlar uchun sarflangan xorijiy 
valyuta bo‘yicha to‘lovlar 
Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari oqimi tahlil qilib o‘rganilar ekan, 
birinchi navbatta xo‘jalik yurituvchi subyektning mavjud bo‘lgan valyuta 
mablag‘larining yil boshiga qoldig‘iga jami valyuta tushumlarini qo‘shish va jami 
sarflangan valyuta mablag‘lari ayirish orqali hisobot davri oxiridagi valyuta 
qoldig‘iga tengligi tekshiriladi. Pul mablag‘larining yil boshiga va yil oxiriga 
qoldiqlari “Buxgalteriya balansi”ning 320-satrida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari 
summasiga ham o‘zaro muvofiqligi o‘rganiladi. Shundan so‘ng, xorijiy valyuta 
mablag‘lari qaysi manbalar hisobiga kelib tushganligi va qanday maqsadlarda 
sarflanganligiga baho beriladi. Tahlil yakunida xorijiy valyuta bo‘yicha sof pul 
mablag‘lari hajmini oshrish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 9 – sonli “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” 
nomli 
BHMSda 
belgilangan 
qoidalarga 
muvofiq 
xorijiy 
valyutadagi 
operasiyalardan pul oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
operasiya amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo‘yilgan almashtirish qiymatidan 
foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi. 
Xorijiy sho‘‘ba jamiyatining pul oqimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi 


217 
bo‘yicha qayta hisoblanishi kerak. 
Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan 
amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag‘i harakati hisoblanmaydi. Biroq 
almashtirish kursi stavkalari o‘zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki 
to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘iga yoki ularning ekvivalentlariga ta’siri pul 
mablag‘lari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga 
muvofiqlashtirish uchun pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor 
operasiya, investisiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul 
oqimidan alohida ko‘rsatiladi va agar pul mablag‘larining bu harakati hisobot 
davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo‘lsa, tafovutga 
qo‘shiladi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin