R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.
Pul mablag‘lari deganda nima tushuniladi? 
2.
Pul oqimi atamasiga izoh bering? 
3.
Pul oqimi tahlilining maqsadi va asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
4.
Pul oqimini tahlil qilishda qanday axborot manbalaridan foydalaniladi? 
5.
Pul oqimi qanday jarayonlar bo‘yicha sodir bo‘ladi? 
6.
Pul oqimini ifodalovchi qanday asosiy ko‘rsatkichlarni bilasiz? 
7.
Operasion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari oqimi qanday tahlil qilib 
o‘rganiladi? 
8.
Investisiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliq to‘lashlardagi pul mablag‘lari 
oqimini tahlil qilib o‘rganish tartibini tushuntiring? 
9.
Xorijiy valyutadagi pul oqimlari qanday tahlil qilib o‘rganiladi? 
10.
Pul mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi qanday tahlil qilinadi? 
 
NAZORAT TESTLARI 
1. Pul mablag‘lari deganda nimani tushunasiz?
A) Pul mablag‘lari – bu kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, 
shuningdek, bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi 
mablag‘lardir
B) Pul mablag‘lari – bu tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi 
o‘zgarishlar tufayli biroz xatari bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli 
investisiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar) 
C) Pul mablag‘lari – bu bankdagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi 
mablag‘lardir
D) Pul mablag‘lari – bu tez va oson almashtiriladigan yuqori likvidli investisiyalar 


220 
(moliyaviy qo‘yilmalar) va bankdagi hisob-kitob schyotidagi mablag‘lardir 
2. Pul mablag‘lari oqimining tahlilida qanday axborot manbalaridan 
foydalaniladi? 
A) “Buxgalteriya balansi”, “Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot” va pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli schyot ma’lumotlari 
B) “Buxgalteriya balansi”, “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” va “Xususiy 
kapital to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari 
C) “Buxgalteriya balansi”, “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” va pul 
mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli schyot ma’lumotlari. 
D) “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”, “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” 
va “Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin