R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Pul mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

9.5. Pul mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul oqimi, ya’ni operasion faoliyat, 
investisiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyatlari bo‘yicha pul 
mablag‘larining kelib tushushi va sarflanishi o‘rganilib baho berilgandan so‘ng, 
pul mablag‘larining yil boshiga va yil oxiriga mavjud bo‘lgan tarkibi, ularning 
tarkibiy tuzilishi va dinamikasi o‘rganilgan holda baho beriladi. 
Tahlilda mavjud pul mablag‘lari tarkibi nimalardan tashkil topganligi, jami 
pul mablag‘lari tarkibidagi hissasi va yil boshiga nisbatan o‘zgarishi o‘rganiladi. 
Tahlil natijalari asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati uchun o‘zining 
qisqa muddatli majburiyatlarini uzishga mavjud mablag‘larning yetarli yoki 
yetishmasligi, dividendlar to‘lash, qo‘shimcha moliyalashtirish maqsadlari uchun 
yetarli miqdorda pul mablag‘larini jamlash imkoniyatlari aniqlanadi. 
Pul mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasini tahlil qilishda 
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlaridan axborot manbai sifatida foydalanish 
mumkin. Ushbu axborot manbaiga ko‘ra pul mablag‘lari tarkibiga quyidagilar 
kiradi (9.9-jadval). 


218 
9.9-jadval 
Pul mablag‘lari tarkibi 
Ko‘rsatkichlar 
Satr raqami 
Pul mablag‘lari, jami 
320 
Kassadagi pul mablag‘lari (5000) 
330 
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari (5100) 
340 
Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari (5200) 
350 
Boshqa pul mablag‘lari va ekvivalentlar (5500, 5600, 5700) 
360 
“Sharq” fermer xo‘jaligi pul mablag‘larining tarkibi, tuzilishi va dinamikasi 
tahlil qilib o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (9.10-jadval). 
9.10-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligi pul mablag‘lari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin