R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


IX BOB. PUL OQIMLARI TAHLILI



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

IX BOB. PUL OQIMLARI TAHLILI 
9.1. Pul oqimlari tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari 
9-sonli “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli buxgalteriya hisobi milliy 
standarti (BHMS)ga muvofiq pul mablag‘lari – bu kassadagi naqd pul va talab 
qilib olinadigan depozitlar, shuningdek, bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa 
schyotlaridagi mablag‘lardir. 
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy 
muammolaridan biri bu zarur miqdordagi pul mablag‘lariga ega emasligi va pul 
oqimlarini tahlil qilib o‘rganmasligi hamda boshqara olmasligidir. Buning 
natijasida xo‘jalik yurituvchi subyekt sotib olingan mahsulot (ish, xizmat)lar uchun 
ularni yetkazib beruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bilan, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar bo‘yicha davlat byudjeti bilan, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 
xodimlar bilan va boshqa hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshira olmaydi. 
Bularning barchasi kreditorlik qarzlarining ko‘payishiga, penyalar hisoblanishi va 
turli moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishiga olib keladi. Bu esa, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy ahvoli yomonlashishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, 
xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati ko‘p jihatdan pul mablag‘larining 
mavjudligi va ularning harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bois, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar pul mablag‘lari manbalarini izlab topishi, mablag‘lardan samarali 
foydalanishi, pul mablag‘lari harakatini kuzatib borishi va umuman ularning 
harakatini to‘g‘ri boshqarishlari uchun pul oqimlarini tahlil qilib o‘rganishlari 
lozim. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari harakatiga to‘g‘ri, aniq va 
xolisona baho berish orqali uning sof pul oqimlarida ijobiy saldoni ko‘paytirish 
imkoniyatlarini aniqlash asosida moliyaviy holatini yaxshilash pul oqimlari 
tahlilining asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda pul oqimlari tahlilining asosiy 
vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
-
xo‘jalik subyektining pul mablag‘larining harakatiga to‘g‘ri, aniq va 


209 
xolisona baho berish; 
-
operasion faoliyatdagi pul mablag‘larining harakatiga baho berish; 
-
xo‘jalik yurituvchi subyektning investisiya, moliyaviy va soliqqa tortish 
faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimini va chiqimini aniqlash 
hamda baho berish; 
-
pul 
mablag‘lari kirimi bo‘yicha manbalarini, chiqimi bo‘yicha 
harakatlarining tarkibini chuqur o‘rganish; 
-
xo‘jalik yurituvchi subyektning valyuta mablag‘lari harakatini o‘rganish va 
unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish; 
-
xo‘jalik subyektini sof pul oqimlarida ijobiy saldoni ko‘paytirish 
imkoniyatlarini aniqlash. 
Pul oqimlari tahlilining asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari; 
-
“Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” ma’lumotlari; 
-
pul mablag‘larini hisobga oluvchi tegishli schyot ma’lumotlari. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligi va 
moliyaviy holatining barqarorligi ko‘p jihatdan real pul aylanmasiga bog‘liq. Shu 
sababli, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati pul mablag‘lari oqimini 
bilish uchun asosiy axborot manbai hisoblangan “Pul oqimi to‘g‘risidagi 
hisobot”da keltirilgan ma’lumotlarni o‘qiy olishi, pul tushadigan manbalarni 
belgilay olishi hamda ulardan samarali foydalanish tartibini bilishi lozim. 
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot – moliyaviy hisobotning shakli bo‘lib, unda 
joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida pul mablag‘lari kelib tushishi, sarflanishi va 
ularning yil boshi va oxiridagi qoldig‘i, shuningdek, investisiya, moliyaviy va 
soliqqa tortish faoliyatlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari aks ettiriladi. 
Ushbu hisobotga ko‘ra pul oqimlari asosan to‘rtda jarayon bo‘yicha sodir 
bo‘ladi. Bular: 
-
asosiy faoliyatda pul mablag‘larining kirimi va chiqimi; 


210 
-
investisiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi va chiqimi; 
-
moliyaviy faoliyatdagi pul mablag‘larining sof kirimi va chiqimi; 
-
soliqqa tortish (to‘langan soliqlar). 
Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlar bo‘yicha pul mablag‘lari oqimining 
tahlilini 
“Sharq” fermer xo‘jaligi misolida o‘rganganimizda quyidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (9.1-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin