50
sifat jihatidan o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Jumladan, qishloq xo‘jalik
korxonalari faoliyati tahlil qilinayotgan bo‘lsa, nisbiy ko‘rsatkich sifatida
hosildorlik olinishi mumkin. Uni yalpi hosil miqdorini ekin maydoniga bo‘lish
orqali aniqlaymiz. Boshqa sohalarga ham shu tartibda yondashish mumkin.
2.5. Ko‘rsatkichlarni umumlashtirish darajasi bo‘yicha tasniflash
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar umumlashtirish darajasi bo‘yicha ham tasniflanadi.
Chunki, iqtisodiy jarayonlar har bir sohada va bo‘g‘inlarda
hamda bosqichlarda
turlicha bo‘ladi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi uni ishlab chiqarish
uchun sarf bo‘lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning
umumiy hajmini
ifodalaydi. Ya’ni bu umumlashgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Biroq uning bir qismi
sarf bo‘lgan moddiy resurslarni, yana bir qismi mehnat resurslari hajmidan iborat.
O‘z navbatida sarf bo‘lgan moddiy resurslarning miqdori va bahosi kabi
ko‘rsatkichlar ular to‘g‘risida qo‘shimcha xulosalar
beradigan yordamchi
ko‘rsatkichlardir. Shu sababli, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
umumlashtirish darajasi
bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazkur belgisi bo‘yicha quyidagicha tasniflash
mumkin (2.5-rasm).
2.5-rasm.
Ko‘rsatkichlarni umumlashganlik darajasi bo‘yicha
tasniflanishi
Umumlashgan ko‘rsatkichlarga xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik
faoliyatining biror bir natijasini umumiy holatda ifoda etadigan ko‘rsatkichlar
kiradi. Masalan, fermer xo‘jaligining mahsulot sotishdan olingan sof tushumi. Bu
umumlashgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Chunki, u fermer xo‘jaligida
yetishtirilgan
barcha mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushumini ifoda etadi. Shuningdek,
fermer xo‘jaligida paxta, bug‘doy yoki sabzavot yetishtirishdan
olingan sof pul
tushimi kabi ko‘rsatkichlar natijaning bir qismini ifodalaydigan ko‘rsatkichlar
Dostları ilə paylaş: