R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


Moliyaviy tahlil fani qaysi iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

10. Moliyaviy tahlil fani qaysi iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda 
o‘rganiladi? 
A) Iqtisodiy nazariya, buxgalteriya hisobi, satatistika, moliya va kredit, audit va 
boshqa iqtisodiy fanlar
B) Iqtisodiy nazariya, buxgalteriya hisobi, satatistika, moliya va kredit, audit, 
biologiya, mehnat muhofazasi va boshqa iqtisodiy fanlar
C) Iqtisodiy nazariya, buxgalteriya hisobi, moliya, paxtachilik, dehqonchilik 
asoslari va boshqa iqtisodiy fanlar
D) Iqtisodiy nazariya, buxgalteriya hisobi, satatistika, moliya, moliya va kredit, 
ipakchilik asoslari, chorvachilik asoslari va boshqa iqtisodiy fanlar


46 
II BOB. MOLIYAVIY TAHLILDA QO‘LLANILADIGAN 
KO‘RSATKICHLAR 
2.1. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tasniflash belgilari 
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotida sodir bo‘lgan iqtisodiy 
jarayonlar, hodisalar va ularning natijasini miqdor va sifat jihatdan ifodalab beradi. 
Shu sababli, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishlari, jumladan uchunchi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish 
va liberallashtirish ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga 
oshirishda iqtisodiy ko‘rsatkichlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, belgilab 
olingan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar, yo‘l quyilgan 
kamchiliklar, milliy iqtisodiyotda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida to‘liq 
ma’lumotlar iqtisodiy ko‘rsatkichlarda aks etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida 
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning holatiga baho beriladi, ularning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatgan omillar hisob-kitob qilingan holda yaxshilash imkoniyatlari bo‘yicha 
aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu esa, iqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiy 
jarayonlarni baholashda, ularning o‘zgarishlarini aniqlashda, ayniqsa tahlil qilishda 
muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Bugungi kunda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri talqin qilgan holda 
foydalanish moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda oqilona qarorlar qabul qilish 
imkonini beradi. Shu sababli, tahlilni tashkil etish va o‘tkazishda iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar va ularning tasnifi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lish 
lozim.
Iqtisodchi olimlarning o‘quv-uslubiy va ilmiy asarlarida iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar va ularning tasniflanishi yoritilgan bo‘lib, jumladan iqtisodchi olim 
M.Q.Pardaev “Iqtisodiy ko‘rsatkichlar deganda, iqtisodiy jarayonlar, hodisalar va 
ularning natijasini miqdor va sifat jihatidan ifodalaydigan nomi va o‘lchamlarga 
ega bo‘lgan birliklar tushuniladi”
16
deb ta’riflaydi. 
16
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. “Zarafshon”, 2001. – 67 b. 


47 
Ushbu ta’rifdan ko‘rinadiki, iqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiy jarayonlar va 
ularning natijalarini miqdor va sifat jihatdan ifodalaydigan nomiga hamda 
o‘lchamlarga ega bo‘lishi lozim ekan. Haqiqatdan ham iqtisodiy ko‘rsatkich 
iqtisodiy jarayonni miqdor yoki sifat jihatdan ifodalovchi nomga va ma’lum bir 
o‘lchamga ega bo‘lishi kerak. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobot 
davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich sof 
foyda yoki ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq iqtisodiy jarayonni ifodalovchi 
ko‘rsatkich mahsulot hajmi hisoblanadi. 
Shuningdek, ushbu iqtisodchi olim iqtisodiy ko‘rsatkichlarni quyidagi 
belgilari bo‘yicha tasniflaydi (2.1-rasm): 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin