R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

3.7-rasm. 
Omillarni 
korxona 
faoliyatiga 
bog‘liqligi jihatidan 
tasniflanishi 
Ammo korxona moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi shunday 
omillar borki, ularning ta’sir darajalari sezilarli bo‘lishi mumkin, ammo ularni 
oldini olish yoki bartaraf etishda korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, 
agrar sohada qishloq xo‘jalik ekinlari sel kelishi, do‘l yog‘ishi yoki sovuq urishi 
kabi iqlim o‘zgarishlari borki, ularning qishloq xo‘jalik ekinlariga katta ta’sir 
o‘tkazadi. Shu sababli, ushbu omillar korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan 
omillar hisoblanadi. 
Yana shunday omillar borki, ular ham korxona faoliyatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Masalan, korxona tomonidan amaldagi qonunchilikda 
belgilangan qoidalarni to‘g‘ri talqin qilolmasligi yoki o‘z vaqtida bajarmasligi 
natijasida turli jarima va penyalar to‘lashi mumkin. Jumladan, korxona to‘laydigan 
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisob-kitob va to‘lash muddatlariga amal 
qilinmasa, amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan qoidalar buzildi deb e’tirof 
etgan holda korxonaga nisbatan jarima va qo‘shimcha penyalarni to‘lash 
majburiyati yuklanadi. Bu esa, ko‘zda tutilmagan xarajatlar bo‘lib, korxona 
foydasining kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, korxona rahbariyati amaldagi 
qonunchilikda belgilangan qoidalarni to‘g‘ri talqin qilgan holda ish yuritishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
3.3. Moliya-xo‘jalik faoliyatiga omillar ta’sirini aniqlash tartibi 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan 
iqtisodiy jarayonlar obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta’sirida ma’lum 
Omillarni korxona faoliyatiga bog‘liqligi jihatidan tasniflanishi 
Korxona faoliyatiga bevosita bog‘liq 
omillar 
Korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan 
omillar 
Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjat talablarini buzish bilan bog‘liq omillar 


66 
bir natija ko‘rsatkichini yuzaga keltiradi. Chunki, moliya-xo‘jalik faoliyatini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bunda bir 
ko‘rsatkich natija deb qaralsa, shunga bog‘liq bo‘lib qolgan ko‘rsatkichlar ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu sababli, natija ko‘rsatkichiga 
omillar ta’sirini aniqlash tahlilda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodiy tahlilda natija ko‘rsatkichining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillar ta’sirini aniqlashda tahlil usullaridan keng foydalaniladi. 
Iqtisodchi olimlarning asarlarida iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar 
shartli ravishda ikki guruhga ajratilib ko‘rsatilmoqda: 
-
oddiy an’anaviy usullar; 
-
iqtisodiy-matematik usullar. 
Hozir oddiy an’anaviy usullar guruhiga kiruvchi ko‘rsatkichlar farqi 
usulining tahlilda qo‘llanilishiga kengroq to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Ya’ni, natijaning 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’sirini ushbu usul yordamida qanday 
aniqlanishini ko‘rib chiqamiz. Chunki, bu usul natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
ta’sirini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Bu usulning ahamiyatli jihati shundaki, natija 
ko‘rsatkichiga omillar ta’sirini aniqlash uchun hisoblanayotgan omilning farqi
qolgan omillarning joylashish tartibiga qarab o‘rganilayotgan davrlarning miqdori 
olinadi. Masalan, yalpi hosilga natija ko‘rsatkichi deb qaralsa, unga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar ekin maydoni va hosildorlik o‘rtasidagi bog‘lanishni 
quyidagicha matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
YAH = M x H, (3.13) 
Bu yerda, YAH – yalpi hosil. Natija ko‘rsatkichi; M – ekin maydoni, H – hosildorlik. 
Ekin maydoni va hosildorlik ko‘rsatkichlari natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. 
Yalpi hosil ko‘rsatkichiga omillar ta’sirini ko‘rsatkichlar farqi usuli bilan 
aniqlaydigan bo‘lsak, birinchi omil, ya’ni ekin maydonining yalpi hosilga 
(∆YAH
m
) ta’sirini aniqlash uchun ushbu omilning farqini (M
1
– M
0
), ikkinchi omil 
bo‘lgan hosildorlikning o‘tgan (reja) ko‘rsatkichiga (H
0
) ko‘paytirish lozim: 
±∆YAH

= (M
1
– M
0
) x H
0
Ikkinchi omil, ya’ni hosildorlikning yalpi hosilning o‘zgarishiga (∆YAH
h



67 
ta’sirini aniqlash uchun ushbu omilning farqini (H
1
– H
0
), birinchi omil – ekin 
maydonining hisobot davridagi miqdoriga (M
0
) ko‘paytirish zarur: 
±∆YAH

= (H
1
– H
0
) x M
0
Mazkur usulning amaliyotga qo‘llanilishini quyidagi “Sharq” fermer 
xo‘jaligi misolida ko‘rib chiqish mumkin (3.1-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin