R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  “Sharq” fermer xo‘jaligida yalpi hosil (bug‘doy) va uning o‘zgarishiga ta’sir



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

3.1-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida yalpi hosil (bug‘doy) va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan yil 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 

Ekin maydoni, ga 
10 
12 
+2 

Hosildorlik, s/ga 
40 
35 
-5 

Yalpi hosil, s 
400 
420 
+20 
3.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaligida yalpi hosil 
(bug‘doy) o‘tgan yili 400 sentner bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich hisobot yilida 420 
sentnerni tashkil qilgan. Demak, o‘tgan yilga nisbatan fermer xo‘jaligida yalpi 
hosil (bug‘doy) miqdori 20 sentnerga ko‘paygan.
Fermer xo‘jaligida yalpi hosil (bug‘doy)ning o‘zgarishiga ikki omil ta’sir 
ko‘rsatgan bo‘lib, birinchi omil, ekin maydonining o‘tgan yilga nisbatan 2 gektarga 
ko‘payishi yalpi hosil (bug‘doy) miqdorini 80 ((12-10)x40) sentnerga ko‘payishiga 
ta’sir ko‘rsatgan. Biroq, hisobot yilida fermer xo‘jaligida hosildorlik darajasi
5 sentnerga pasayishi yalpi hosil (bug‘doy) miqdorini 60 ((35-40)x12) sentnerga 
kamayishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Natijada ekin maydonining ko‘payishi 
hisobiga olinishi lozim bo‘lgan yalpi hosil (bug‘doy) miqdorini ham bir qismini 
qoplab ketgan. Shu sababli ham “Sharq” fermer xo‘jaligida yalpi hosil miqdori 
o‘tgan yilga nisbatan 20 sentnerga ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Demak, fermer xo‘jaligida ekin maydonining o‘zgarishi yalpi hosil 
(bug‘doy) miqdorining o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, hosildorlik 
darajasining o‘tgan yilga nisbatan pasayishi salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu bois, 
fermer xo‘jaligi rahbariyati hosildorlik darajasini oshirish bo‘yicha aniq chora-
tadbirlarni amalga oshirishi lozim. 
Shunday qilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga 


68 
bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatar ekan. Ushbu omillarni natijaning o‘zgarishiga 
ta’sirini bir qancha tahlil usullaridan foydalangan holda hisob-kitob qilish orqali 
aniqlanadi. Biz birgina ko‘rsatkichlar farqi usuliga to‘xtalib o‘tdik xolos. Iqtisodiy 
tahlilning boshqa usullari va ulardan foydalanish tartibiga keyingi bobda batafsil 
to‘xtalib o‘tamiz. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin