R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 O‘ziga xos omillar sifatida qanday omillar e’tirof etiladi?



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

9. O‘ziga xos omillar sifatida qanday omillar e’tirof etiladi? 
A) Bunga natijaning o‘zgarishiga bevosita birlamchi ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
kiradi 
B) Bular shunday omillarki, ular iqtisodiy jarayonlar sodir bo‘lib turgan vaqtda 
ta’sir ko‘rsatib, ma’lum bir ko‘rsatkichni o‘zgartirib turadi 
C) Bunga barcha sohaning iqtisodiy jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan omillar 
kiradi 
D) Bu omillar ayrim sohalarga tegishli bo‘lgan omillar hisoblanadi 


71 
IV BOB. MOLIYAVIY TAHLILNI TASHKIL ETISH VA UNING 
AXBOROT MANBAI 
4.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish 
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barqaror 
faoliyat yuritishi oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishni taqozo etadi. Buning 
uchun subyekt rahbariyati ichki va tashqi axborotlardan unumli foydalanishlari 
lozim. Bu esa, ulardan xo‘jalik subyektining moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini 
to‘liq tahlil qilib o‘rganishni va shu asosda kerakli axborotlarni shakllantirishni 
talab etadi. Chunki, tahlil natijalari asosiy xo‘jalik jarayonlarini boshqarish, talab 
va taklifni o‘rganish, pul muomalasi, raqobat muhitiga moslashish borasida asosli 
xulosalarni shakllantirish, mavjud ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda 
xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish borasida tegishli qarorlarni qabul qilish 
imkonini beradi. Boshqaruv bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilish xo‘jalik yurituvchi 
subyektning samarali faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta’minlaydi. 
Bugungi kunda moliyaviy tahlilni tashkil etish borasida rasmiy tartib-
tamoyillar belgilanmaganligi sababli, uni tashkil etishda an’anaviy usullardan 
foydalanish mumkin. 
Iqtisodchi olim M.Yu.Raximov moliyaviy tahlilni tashkil etish shakli 
bo‘yicha ichki moliyaviy tahlil va tashqi moliyaviy tahlil sifatida tarkiblashni 
tavsiya qilgan (4.1-rasm). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin