R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
4.1-rasm.
Moliyaviy tahlilni tashkil etish shakli bo‘yicha tarkiblanishi
23
 
Ichki moliyaviy tahlil xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari tomonidan 
o‘tkazilib, o‘rganiladigan masalalar va foydalaniladigan axborot bazasining 
ko‘lami kengligi bilan tashqi moliyaviy tahlildan farqlanadi. Chunki, uning axborot 
bazasiga tasdiqlangan moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan tashqari moliyaviy 
23
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. – 65 b. 
Moliyaviy tahlilni tashkil etish shakli 
Ichki moliyaviy tahlil 
Tashqi moliyaviy tahlil 


72 
hisobning barcha manbalarini kiritish mumkin. Shu bilan birga, uning quyidagi 
o‘ziga xos jihatlarini keltirish mumkin:
-
ichki moliyaviy tahlil maqsadi va vazifalari ichki talablarga muvofiq 
belgilanganligi; 
-
oqilona boshqaruv qarorlarini tayyorlash borasida tahlilni o‘tkazish 
imkoniyatining kengligi; 
-
xo‘jalik subyekti rahbariyati talablaridan kelib chiqqan holda analitik 
ishni tashkil etish; 
-
ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarining yuqoriligi; 
-
moliyaviy tahlil natijalari asosida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini 
nazorat qilish imkonining mavjudligi. 
Ichki moliyaviy tahlildan farqli ravishda tashqi moliyaviy tahlil vakolatli 
davlat organlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga 
oshiriladi. Tashqi moliyaviy tahlil faqat moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida 
xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini o‘rganishni xarakterlaydi. 
Ya’ni, xo‘jalik subyektining aktivlari, o‘z mablag‘lari manbalari va 
majburiyatlarining o‘zgarishiga, moliyaviy holati, moliyaviy natijalari va 
rentabellik darajasiga, pul mablag‘lari harakati va xususiy kapitalning o‘zgarishiga, 
moliyaviy va iqtisodiy salohiyatini aniqlashga qaratiladi. Uning ahamiyatli jihatlari 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
-
axborotdan foydalanuvchilar va tahlil o‘tkazish subyektlarining ko‘pligi; 
-
tahlil qilib o‘rganuvchi subyektlar maqsadining turli-tumanligi; 
-
tahlil faqat tasdiqlangan moliyaviy hisobot shakllari ma’lumotlariga 
asoslanishi sababli, o‘rganiladigan masalalarning chegaralanganligi; 
-
axborotdan foydalanuvchilar uchun tahlil natijalaridan foydalanishning 
ochiqligi. 
Umuman xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy tahlilni tashkil etish 
tartib va qoidalari iqtisodiy adabiyotlarda keltirib o‘tilgan. Jumladan, iqtisodchi 


73 
olim M.Q.Pardaev
24
tomonidan moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari 
quyidagicha tarkiblanadi: 
-
tahlil maqsadini aniqlash va unga yondashish yo‘llarini belgilash 
bosqichi; 
-
tahlil uchun taqdim qilinadigan axborotlar sifatiga baho berish bosqichi; 
-
tahlil usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va uning natijalarini 
rasmiylashtirish bosqichi. 
Mazkur moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari iqtisodchi olim 
tomonidan umumlashtirilgan holda tarkiblanib ifoda etilgan. 
Iqtisodchi olim E.A.Akramov
25
tomonidan esa moliyaviy tahlilni tayyorlash 
va o‘tkazish bosqichlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi ko‘rsatib o‘tilgan: 
-
moliyaviy tahlilni o‘tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda 
tahlilning maqsadi va vazifalari aniqlanadi; 
-
tahlilni o‘tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, ya’ni tahlil qiluvchilarning 
ro‘yxatini tuzish; 
-
tahlil uchun foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarni to‘plash; 
-
moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko‘rsatkichlar tizimini aniqlash; 
-
moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini aniqlash; 
-
tahlilda 
foydalanadigan 
ko‘rsatkichlarni 
hisoblash 
va 
ularni 
umumlashtirish; 
-
tahlil yakunlarini jadvallar va chizmalarda shakllantirish; 
-
moliyaviy tahlil natijasida xotima tayyorlab, unda tahlil yakunlari 
bo‘yicha xulosalar chiqarib, kelgusida korxonaning moliyaviy holatini ko‘tarishga 
bag‘ishlangan tavsiyalar ishlab chiqish; 
-
moliyaviy tahlil yakunlarini maxsus yig‘ilishda muhokama qilish; 
-
tahlil yakunlari bo‘yicha muhokama natijalarini e’tiborga olib, 
korxonaning moliyaviy holatini ko‘tarish maqsadida boshqaruv tizimini 
takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbirlar ishlab chiqib, ularni korxona 
24
M.Q.Pardaev Moliyaviy tahlil. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi. 1999. -11 bet. 
25
E.A.Akramov. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili. O‘quv qo‘llanma. – T., 2007. -18 bet. 


74 
rahbariyatining maxsus qarorida ifodalash. 
Ushbu tarkiblashda moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari kichik birlik 
bosqichlariga bo‘lib ko‘rsatilgan. Biroq, ayrim ko‘rsatilgan bosqichlarni o‘zaro 
umumlashtirish lozim. Masalan, 
“tahlilni o‘tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, 
ya’ni tahlil qiluvchilarning ro‘yxatini tuzish”
bosqichini 
“moliyaviy tahlilni 
o‘tkazishning ishchi dasturini tuzish”
bosqichiga kiritish zarur. Chunki, ishchi 
dasturda bu bosqichda amalga oshiriladigan ishlar ko‘rsatib o‘tiladi. 
Iqtisodchi olim M.Yu.Raximov
26
moliyaviy tahlilni tashkil etishni quyidagi 
ketma-ketlikda o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi: 
1.
Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish; 
2.
Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘plash; 
3.
Moliyaviy tahlilni bevosita o‘tkazish bosqichi; 
4.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi; 
5.
Qaror tayyorlash bosqichi; 
6.
Tahlil natijalarini realizasiya qilish bosqichi. 
Yuqorida iqtisodchi olimlarning moliyaviy tahlilni tashkil etish tartibi 
bo‘yicha yondashuvlari turlicha bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Biroq ularning 
yondashuvlari bitta maqsadga, ya’ni moliyaviy tahlilni tayyorlash va sifatli 
o‘tkazishga qaratilganligini e’tirof etish kerak. 
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy 
tahlilni sifatli tashkil etish va muvaffaqiyatli o‘tkazish quyidagi tartibda amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiq (4.1-jadval): 
26
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. – 70 b. 


75 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin