R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  Moliyaviy tahlilning axborot manbalari va uning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

4.2-jadval 
Moliyaviy tahlilning axborot manbalari va uning tarkibiy tuzilishi
 
№ 
Axborot manbai 
Tarkibiy tuzilishi 

Moliyaviy hisob va hisobot 
ma’lumotlari 
-
dastlabki va yig‘ma hujjatlar ma’lumotlari; 
-
analitik va sintetik schyotlar ma’lumotlari; 
-
moliyaviy hisobot shakllari: 

Buxgalteriya balansi (1-shakl); 

“Moliyaviy 
natijalar 
to‘g‘risida”gi 
hisobot
(2-shakl); 

“Pul 
oqimlari 
to‘g‘risida”gi 
hisobot
(4-shakl); 

“Xususiy 
kapital 
to‘g‘risida”gi 
hisobot
(5-shakl); 

Moliyaviy 
hisobotga 
berilgan 
izohlar, 
qo‘shimchalar va ma’lumotlar. 

Tanlab olingan ma’lumotlar 
-
biznes reja ma’lumotlari; 
-
statistik hisob ma’lumotlari; 
-
tezkor hisob ma’lumotlari; 
-
vakolatli davlat organlarining taftish ma’lumotlari; 
-
moliyaviy tahlil uchun zarur bo‘ladigan boshqa hisob 
va hisobdan tashqari ma’lumotlar. 
Ko‘rsatkichlar bir xil, turli davrlardagi faoliyat natijalarini miqdor va sifat 
jihatdan to‘g‘ri baholash imkonini beradigan ma’lumotlardan foydalanish kerak; 
-
axborot manbalaridagi ko‘rsatkichlar pul o‘lchov birligi so‘mda ifoda 
etilishi lozim. 
-
barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saqlangan holda 
ulardagi axborotlar bir-birini to‘ldirib turishi lozim; 
-
axborot manbalaridagi ko‘rsatkichlarni aniqlash tartibi va aks ettiriladigan 
davrlari mosligi ta’minlanishi kerak. 
Yuqoridagi talablarga javob beruvchi axborot manbalari va ulardan tahlilda 
foydalanish, moliyaviy tahlil natijalari ishonchliligini ta’minlash imkonini beradi. 
Shu bois, moliyaviy tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarida aks ettirilgan 
ko‘rsatkichlarning aniq va to‘g‘ri shakllantirilganligini tekshirish lozim. 
Axborot manbalarida ifodalangan ko‘rsatkichlarni to‘g‘riligi va aniqligini 
tekshirishni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiq: 
-
axborot manbasining tuzilishini tekshirish; 
-
alohida bo‘limlarining to‘g‘ri shakllantirilganligi va ular o‘rtasidagi 


78 
nisbatni o‘rganish; 
-
har bir moddada berilgan ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini 
tekshirish; 
-
axborot manbaidagi ko‘rsatkichlarni o‘zaro solishtirib, ularning 
muvofiqligini tekshirish. 
Umuman olganda, axborot manbalarini moliyaviy tahlilga tayyorlash 
bosqichida ularning qismlari, bo‘limlari hamda har bir moddada berilgan 
ko‘rsatkichlar yuqorida bayon etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tekshirish ularda ifoda 
etilgan ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri va aniq shakllantirilganligi to‘g‘risida xulosa 
qilishga yordam beradi. Axborot manbalarida berilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi 
tasdiqlangandan so‘ng, ularni moliyaviy tahlilda foydalanish uchun qabul qilib
xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib o‘rganishga 
kirishiladi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin