R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Moliyaviy barqarorlik tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.3. Moliyaviy barqarorlik tahlili 
Korxonaning moliyaviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan eng muhim 
ko‘rsatkichlardan biri bu uning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
hisoblanadi. Shu bois, korxonaning moliyaviy holatini umumiy baholashdan 
keyingi moliyaviy tahlil bochqichi bo‘lib, moliyaviy barqarorlik tahlili bosqichi 
hisoblanadi. Bu bosqichda korxonaning moliyaviy barqarorligi mutloq va nisbiy 
ko‘rsatkichlarda ifodalanadi va ular orqali tahlil qilinib, tegishli xulosalar 


132 
chiqariladi. 
Korxona moliyaviy barqarorligi tahlili haqida so‘z borar ekan, iqtisodchi 
olim M.Q.Pardaev “Korxonaning moliyaviy barqarorligi deganda uning faoliyatini 
moliyaviy jihatdan bir maromda uzluksiz ta’minlab turishi tushuniladi. Moliyaviy 
jihatdan ta’minlanish faqatgina moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish emas, balki 
uning juda ko‘p qirralari, tomonlari mavjud. Chunki xo‘jalik faoliyatining uzluksiz 
sodir bo‘lib turishi uchun birgina moliyaviy resurslar yetarli emas. Bu 
resurslarning ta’minlanishi uchun boshqa moddiy, mehnat kabi bir qancha 
resurslarning ham yetarli miqdorda bo‘lishi lozim. Shu tufayli moliyaviy 
barqarorlikni baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga 
muvofiq”
44
deb ta’kidlab o‘tganlar. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha moliyaviy 
barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni iqtisodiy mohiyati jihatidan beshta 
guruhga bo‘lish mumkin: 
-
o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar; 
-
chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar; 
-
harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar; 
-
aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar; 
-
asosiy vositalardan foydalanish bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar. 
Bizning fikrimizcha ham korxonaning moliyaviy barqarorligini tahlil qilib 
o‘rganishda ushbu iqtisodchi olim tomonidan tavsiya qilingan korxona moliyaviy 
barqarorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi (6.2-rasm). 
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar tizimiga kiruvchi har bir guruh ko‘rsatkichlari o‘z 
navbatida bir qancha ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Bunday ko‘rsatkichlar tizimi 
amaliyotda foydalanish uchun juda qulaydir. Ammo har bir ko‘rsatkich bo‘yicha 
to‘liq xulosaga kelish uchun ularning har bir guruhini alohida o‘rganish lozim. Shu 
bois, yuqorida tavsiya qilingan ko‘rsatkichlarni buxgalteriya balansi va boshqa 
moliyaviy hisobot shakllari ma’lumotlariga asosan hisoblash usullarini ko‘rsatish 
44
Pardaev M.Q. Moliyaviy tahlil (ma’ruza matni). Samarqand 2007 y. -275 b. 


133 
maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin