6.5-jadval
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan
bog‘liq ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar
Chetdan jalb qilingan
kapital-ning to‘planish
(konsentrasiyasi)
koeffitsiyenti (Kchjk)
Chetdan jalb qilingan
kapitalning tarkibiy
koeffitsiyenti (Kchjkt)
O‘z mablag‘larining
umumiy qaramlilik
koeffitsiyenti (Kuq)
O‘z mablag‘larining
uzoq muddatli pas-
sivlarga qaramlilik
koeffitsiyenti (Kupq)
Kchjk = Chjm / B
bunda:
Chjm
–
chetdan jalb qilingan
mablag‘
Kchjkt=Uchm/Chjm
bunda: Uchm- uzoq
muddatli chetdan jalb
qilingan mablag‘
Kuq= Chjm/O‘m
Kupq = Ump / O‘m
bunda: Ump - uzoq
mudatli passivlar
Chetdan
jalb
qilingan
mablag‘larning
(kapitalning)
to‘planishi
(konseptrasiyasini) ifodalovchi ko‘rsatkich ularning umumiy mablag‘lardagi
xissasini (Kchjk) aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu ko‘rsatkichni topish uchun
chetdan jalb qilingan mablag‘lar summasini (Chjm) umumiy mablag‘lar
summasiga (B) bo‘lish lozim. Uning hajmi qancha kam bo‘lsa korxona uchun
shuncha yaxshi, chunki bu korxona o‘z faoliyatida mablag‘ni chetdan jalb
qilmasdan amalga oshirayotganligidan dalolat beradi.
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar ichida uzoq muddatli qarzlar hissaning
koeffisenti ham moliyaviy barqarorlikni ifodalash uchun muhim ko‘rsatkichdir.
Chetdan jalb qilingan mablag‘larning (kapitalning) tarkibiy koeffitsiyenti (Kchjkt)
ni aniqlash uchun uzoq muddatli chetdan jalb qilingan mablag‘larni (Uchm)
korxonaning umumiy chetdan jalb qilingan mablag‘iga (Chjm) bo‘lish yo‘li bilan
aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning uzoq muddatli chetdan jalb qilingan
137
mablag‘ining umumiy chetdan jalb qilingan mablag‘dagi hissasini ko‘rsatadi. O‘z
mablag‘i yetarli bo‘lmay turgan vaqtda uzoq muddatli qo‘yilmalardan foydalanish
korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun asosiy omil bo‘lib
hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishda o‘z mablag‘larining uzoq muddatli
passivlarga qaramlik koeffitsiyentini (Kupq) aniqlash va o‘rganish muhim
ahamiyatga ega. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun uzoq muddatli chetdan jalb
qilingan passivlarni (Ump) o‘z mablag‘lari umumiy summasiga (O‘m) bo‘lish yo‘li
bilan aniqlaymiz. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning o‘z mablag‘larida chetdan jalb
qilingan uzoq muddatli qo‘yilmalarning (passivlarning) hissasi qanchani tashkil
qilishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich hajmining yaxshi yoki yomonligi to‘g‘risida
korxona faoliyatining holatiga qarab xulosa qilish mumkin.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarni quyidagi jadval ma’lumotlari asosida tahlil qilib
o‘rganganimizda quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lindi (6.6-jadval).
6.6-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Sharq” fermer xo‘jaligi
moliyaviy barqarorligining chetdan jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlari yil davomida kamaygan. Bu esa, fermer xo‘jaligining moliyaviy
barqarorligi ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Jumladan, chetdan jalb qilingan
mablag‘lar to‘planishini ifodalovchi koeffitsiyent hisobot yilining oxirida 0,314
koeffitsiyentni tashkil qiladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, fermer xo‘jaligining umumiy
moliyaviy potensialining 31,4 % chetdan jalb qilingan mablag‘lardir. Bu
ko‘rsatkichning hissasi hisobot yilining boshiga nisbatan -0,069 koeffitsiyentga
yoki 18 % ga kamaygan. Bu esa, fermer xo‘jaligi o‘z mablag‘larining umumiy
mablag‘lardagi ulushi ko‘payib borayotganligini anglatadi.
Uzoq muddatli chetdan jalb qilingan mablag‘larining o‘z mablag‘laridagi
ulushi esa fermer xo‘jaligida yil boshidagiga nisbatan 0,292 koeffitsiyentga yoki
41,8 % ga kamaygan holda yil oxirida 40,7 % ni tashkil qilgan. Shuningdek, uning
ulushi chetdan jalb qilingan barcha mablag‘lar tarkibida hissasi ham
kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
|