R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.6 - jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligining moliyaviy barqarorligini ifodalovchi chetdan 
jalb qilingan mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlili 
 
 
Yil 
Yil 
Farqi 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
boshida oxirida Summada 
(+,-) 
Foizda, 

Birlamchi ko‘rsatkichlar 
1 Balansdan umumiy summa (B), ming so‘m 
124918 
161378 
+36460 
129,2 
2 Chetdan jalb qilingan mablag‘lar (kapital) jami 
(Chjm), ming so‘m 
47850 
50689 
+2839 
106 
3 Shu jumladan uzoq muddatli chetdan jalb 
qilingan mablag‘lar (Uchm), ming so‘m 
40182 
40182 


4 O‘z mablag‘lari (O‘m), ming so‘m 
57466 
98790 
+41324 
172 
Hisoblangan ko‘rsatkichlar 
5 Chetdan jalb qilingan kapitalning to‘planish 
(konsentrasiyasi) koeffitsiyenti (Kchjk) (2q:1q) 
0,383 
0,314 
-0,069 
82 
6 Uzoq muddatli chetdan jalb qilingan kapital 
tarkibi koeffitsiyenti (Kchjkt) (3q:2q) 
0,839 
0,793 
-0,046 
94,5 
7 O‘z 
mablag‘larining 
umumiy 
qaramlik 
koeffitsiyenti (Kuq) (2q:4q) 
0,833 
0,513 
-0,32 
61,6 
8 Uzoq 
muddatli 
chetdan 
jalb 
qilingan 
mablag‘larga (kapitalga) qaramlik koeffitsiyenti 
(Kupq) (3q:4q) 
0,699 
0,407 
-0,292 
58,2 
O‘z mablag‘larining umumiy qaramlik koeffitsiyenti fermer xo‘jaligining 
umumiy moliyaviy qaramligini ifodalaydi. Tahlil qilinayotgan fermer xo‘jaligida 
har bir so‘m o‘z mablag‘lariga yil boshida 0,83 so‘m to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich yil oxiriga kelib 0,51 so‘mni tashkil qilgan. Ya’ni, yil boshiga nisbatan 
38,5 % kamaygan. Bu fermer xo‘jaligida chetdan jalb qilingan mablag‘larga 
qaramligi sezilarli ravishda pasayganligidan dalolat beradi. 
Ushbu ko‘rsatkichlar tahlili ham shuni ko‘rsatdiki “Sharq” fermer 
xo‘jaligining moliyaviy barqarorligi yuqori bo‘lgan. Bu birinchi guruh 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil natijasida qilingan xulosani yana bir bor isbotlab 
turibdi. 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining keyingi yana 
bir guruhi, ya’ni korxonaning harakatdagi mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar 
hisoblanadi va endi mazkur ko‘rsatkichlar tahliliga to‘xtalib o‘tamiz. 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlarga umumiy harakatchanlik koeffitsiyenti, harakatdagi mablag‘larning 


139 
harakatchanlik koeffitsiyenti, sof harakatchanlik koeffitsiyenti va harakatdagi 
mablag‘larining faollik koeffitsiyenti kabi ko‘rsatkichlar kiradi. Mazkur 
ko‘rsatkichlar tizimi va ularni aniqlash tartibi quyidagi 6.7-jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin