R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  “Sharq” fermer xo‘jaligining moliyaviy barqarorligini ifodalovchi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.8-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligining moliyaviy barqarorligini ifodalovchi 
harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tahlili
 
 
Yil 
Yil 
Farqi 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
boshida oxirida Summada 
(+,-) 
Foizda,% 
Birlamchi ko‘rsatkichlar 
1 Balansning umumiy summasi (B), ming so‘m 
124918 
161378 +36460 
129,2 
2 O‘z mablag‘lari (Um), ming so‘m 
57466 
98790 
+41324 
172 
3 Aylanma mablag‘lar (Am), ming so‘m 
76433 
105646 +29213 
138 
4 Umumiy harakatdagi o‘z mablag‘lari (O‘xm), ming 
so‘m 
49163 
83240 
+34077 
169 
5 Muddati o‘tgan umidsiz debitorlar, ming so‘m




6 Joriy majburiyatlar, ming so‘m 
27270 
22406 
-4864 
82 
7 Sof harakatdagi mablag‘lari (Sxm), ming so‘m
(4q-5q-6q) 
21893 
60834 
+38941 
278 
Hisoblangan ko‘rsatkichlar 
8 Umumiy harakatchanlik (manyovrlik) koeffi-sienti 
(Kux) (4q:2q) 
0,855 
0,842 
-0,013 
98,5 
9 Harakatdagi 
mablag‘larning 
harakatchanlik 
koeffitsiyenti (Kx) (4q:1q) 
0,393 
0,516 
+0,123 
131,3 
10 Sof harakatchanlik koeffitsiyenti (Ksx) (7q:1q) 
0,175 
0,377 
+0,202 
215,4 
11 Sof 
harakatdagi 
mablag‘larning 
faollik 
koeffitsiyenti (Kf) (7q:4q) 
0,445 
0,731 
+0,286 
164,3 
6.8-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Sharq” fermer xo‘jaligining 
harakatdagi mablag‘i bilan bog‘liq moliyaviy barqarorligi yaxshilangan. Faqatgina 
umumiy harakatchanlik koeffitsiyenti 0,013 koeffitsiyentga yoki 1,5 % ga 
kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. Boshqa ko‘rsatkichlar esa yil boshiga 
nisbatan ancha yaxshilangan. Xususan, harakatdagi mablag‘larning harakatchanlik 
koeffitsiyenti yilning boshida 0,393 dan yilning oxirida 0,516 gacha ko‘paygan. Bu 
esa, harakatdagi mablag‘larning harakatchanlik koeffitsiyenti yil boshiga nisbatan 
0,123 koeffitsiyentga yoki 31,3 % ga ko‘payganligini bildiradi. Demak, umumiy 
mablag‘lar tarkibida harakatdagi o‘z mablag‘lari ko‘payganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Shuningdek, fermer xo‘jaligining sof harakatchanlik koeffitsiyenti ham 
yil boshiga nisbatan 0,202 koeffitsiyentga yoki 115,4 % ga oshgan. Ushbu guruhda 
sof harakatdagi mablag‘larning faollik koeffitsiyenti 0,286 koeffitsiyentga yoki 
64,3 % ga oshgan. Bu esa harakatdagi mablag‘lar faolligining oshganligidan 
dalolat beradi. Sof harakatdagi mablag‘larning faollik koeffitsiyenti tovar-moddiy 


142 
zaxiralar va pul mablag‘larida ishtirok etayotgan sof harakatdagi mablag‘lari 
umumiy harakatdagi mablag‘larning qancha qismini tashkil qilganligini ko‘rsatadi. 
Fermer xo‘jaligida yil boshida barcha umumiy harakatdagi mablag‘larning 44,5 % 
ni tovar-moddiy zaxiralari va pul mablag‘larida ishtirok etayotgan o‘z mablag‘lari 
manbaini tashkil qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar yil oxiriga borib 73,1 % ga 
ko‘paygan. 
Umuman olganda, yuqoridagi tahlil natijalariga asoslanib aytishimiz 
mumkinki, hisobot yilida fermer xo‘jaligining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining 
yaxshilanayotganligidan, uning moliyaviy barqarorligi ta’minlanayotganligidan 
dalolat beradi.

Asosiy vositalar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar ham korxonaning moliyaviy 


barqarorligini ifodalovchi eng muhim ko‘rsatkichlardir. Bu ko‘rsatkichlar guruhiga 
quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:
-
asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi hissasi; 
-
o‘z mablag‘lar manbaining kapitallashganlik koeffitsiyenti; 
-
asosiy vositalar jamg‘arilishining intensivligi; 
-
asosiy vositalar jamg‘arilishining umumiy koeffitsiyenti.
Ushbu ko‘rsatkichlar tizimi va ularni aniqlash tartibi quyidagi
6.9-jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin