R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.11-jadval 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi 
Aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar 
Aylanma 
mablag‘larning 
o‘z mablag‘lari 
bilan ta’minlanish 
koeffitsiyenti 
(Kao‘t) 
Aylanma 
mablag‘larning 
jami mulkdagi 
hissasi 
(Kamh) 
Aylanma 
mablag‘larning 
qaramlik 
koeffitsiyenti
(Kaq) 
Aylanma 
mablag‘larning 
qisqa muddatli 
bank kreditiga 
qaramlilik 
koeffitsiyenti 
(Kqbk) 
Aylanma 
mablag‘larning tez 
harakatdagi 
aylanma mablag‘lar 
bilan ta’minlanish 
koeffitsiyenti
(Khmt) 
Kao‘t=O‘m/Aym 
bunda: O‘m-o‘z 
mablag‘lari 
Kamh=Aym/B 
bunda: 
Aym-
aylanma 
mablag‘ 
Kaq=Chjm/Ay

bunda: 
Chjm-
chetdan 
jalb 
qilingan 
mablag‘lar 
Kqbk=Qbk/Aym 
bunda: 
Qbk-
qisqa 
mudatli 
bank krediti 
Khmt=O‘aym/Aym 
bunda: 
O‘aym-
aylanma 
mablag‘lardagi o‘z 
mablag‘lari 
summasi
6.11-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, korxona moliyaviy barqarorligining 
aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimiga beshta ko‘rsatkich kirar 
ekan. Ulardan biri aylanma mablag‘larning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish 
koeffitsiyentidir (Kao‘t). Ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun korxonaning 
aylanma mablag‘larda ishtirok etayotgan o‘z mablag‘larini (O‘xm) aylanma 
mablag‘lar summasiga (Aym) bo‘lish lozim. Bu ko‘rsatkichlar 1 so‘m aylanma 


146 
mablag‘lar summasiga qancha aylanma mablag‘lardagi o‘z mablag‘lari summasi 
to‘g‘ri kelishini ifodalaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu ko‘rsatkich o‘zi 
alohida biror moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida to‘liq xulosa berishi qiyin. Ammo u 
ko‘rsatkichlar tizimida bo‘lishi shart, chunki aylanma mablag‘larning harakatdagi 
aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanish darajasini aniqlaganda bu ko‘rsatkichlar 
bir-birini to‘ldirib turadi. 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlardan yana biri aylanma mablag‘larning (Aym) butun mulkdagi (B) 
hissasidir (Kamh). Ushbu ko‘rsatkich barcha mulkda aylanma mablag‘larning 
hissasi qancha ekanligidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, mazkur ko‘rsatkichlar guruhiga aylanma mablag‘ning 
chetdan jalb qilingan mablag‘larga qaramlik koeffitsiyenti (Kaq) ham kiradi. Bu 
ko‘rsatkichni topish uchun chetdan jalb qilingan barcha mablag‘lar summasini 
(Chjk) aylanma mablag‘larning umumiy summasiga (Aym) bo‘lish lozim. Bu 
ko‘rsatkich aylanma mablag‘larda chetdan jalb qilingan mablag‘larning hissasi 
qancha ekanligidan dalolat beradi. Uning hajmi qancha kamaysa korxona uchun 
ijobiy holat hisoblanadi. 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq 
bo‘lgan muhim ko‘rsatkichlardan yana biri aylanma mablag‘larning qisqa muddatli 
bank kreditiga qaramlik koeffitsiyentidir (Kqbk). Bu ko‘rsatkich qisqa muddatli 
bank kreditining umumiy aylanma mablag‘lardagi hissasini ifodalaydi. Ushbu 
ko‘rsatkichni aniqlash uchun qisqa muddatli bank krediti summasini (Qbk) 
aylanma mablag‘larning umumiy summasiga (Aym) bo‘lish kerak. 
Mazkur ko‘rsatkichlar guruhiga kiruvchi so‘nggi ko‘rsatkich bu aylanma 
mablag‘larning tez harakatdagi aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanish 
koeffitsiyentidir (Khmt). Buni aniqlash uchun aylanma mablag‘lardagi o‘z 
mablag‘lari (harakatdagi mablag‘lar) summasini (O‘hm) aylanma mablag‘lar 
hajmiga (Aym) bo‘lish kerak. 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq 


147 
ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligi moliyaviy hisoboti ma’lumotlari asosida 
tahlil qilib o‘rganganimizda qo‘yidagi natijalarga ega bo‘lindi (6.12-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin