R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi asosiy vositalar bilan bog‘liq



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.9-jadval 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi asosiy vositalar bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi 
Asosiy vositalar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar 
Asosiy vositalar 
jami mulkdagi 
hissasi (Kavh) 
O‘z mablag‘ining 
kapitallashganlik 
koeffitsiyenti (Ko‘mk) 
Asosiy vositalar 
jamg‘arilishi 
intensivligi 
koeffitsiyenti (Kin) 
Asosiy vositalar 
jamg‘arilishi umumiy 
koeffitsiyenti (Kavju) 
 
Kavh = Av / B 
bunda: 
Av 

asosiy vositalar 
 
Ko‘mk=(Av-Umkq)/O‘m 
bunda: 
Umkq-uzoq 
mudatli 
kapital 
quyilmalar 
 
Kin=Avje / Av 
bunda: 
Avje-asosiy 
vositaning joriy yilagi 
eskirish summasi 
 
Kavju=Ave/Av 
bunda: Ave - asosiy 
vositalar eskirishi 
Korxonalar moliyaviy barqarorligini ifodalovchi asosiy vositalar bilan 
bog‘liq ko‘rsatkichlardan biri ularning butun mulkdagi hissasidir (Kavh). Ushbu 


143 
ko‘rsatkichni hisoblash uchun asosiy vositalar summasini (Av) aktivlar jami 
summasiga (B) bo‘lish lozim. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning aktivida asosiy 
vositalarning ulushi qancha ekanligini ifodalaydi. 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi asosiy vositalar bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlardan yana biri bu o‘z mablag‘lar manbaining kapitallashganlik 
koeffitsiyentidir. Bu ko‘rsatkichni (Ko‘mk) aniqlash uchun asosiy vositalar (Av) 
summasidan uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarni (Umkq) ayirib, natijani o‘z 
mablag‘lari summasiga (O‘m) bo‘lish kerak. Mazkur ko‘rsatkich o‘z mablag‘lari 
manbaining qancha qismi asosiy vositaga sarf qilinganligi yoki asosiy 
vositalarning qancha qismi o‘z mablag‘lari evaziga shakllanganligini ko‘rsatib 
beradi. 
Keyingi ko‘rsatkich bu asosiy vositalar jamg‘arilishining intensivligi (Kin) 
ko‘rsatkichi bo‘lib, uni aniqlash uchun asosiy vositalarning joriy yildagi eskirish 
summasini (Avje) asosiy vositalarning umumiy summasiga (Av) bo‘lish lozim. Bu 
ko‘rsatkich umumiy asosiy vositalarning qancha qismi bir joriy yilda 
jamg‘arilganligini ko‘rsatadi. 
Mazkur guruhga kiruvchi yana bir muhim ko‘rsatkich asosiy vositalar 
jamg‘arilishining umumiy koeffitsiyentidir (Kavju). Ushbu ko‘rsatkich asosiy 
vositalarning jamg‘arilgan eskirish summasini (Ave) umumiy asosiy vositalar 
qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning miqdori asosiy vositalar 
umumiy qiymatining qancha qismi jamg‘arilganligini ifodalaydi. 
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi asosiy vositalar bilan bog‘liq mazkur 
ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligining moliyaviy hisobot ma’lumotlari 
asosida tahlil qilib o‘rganganimizda qo‘yidagi natijalarga ega bo‘lindi
(6.10-jadval). 


144 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin