R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

to‘lovga qobillik
ko‘rsatkichidir. 
To‘lovga qobillik korxona to‘lov imkoniyatlarini , ya’ni uning o‘z majburiyatlarini 
to‘lashga qodirligini xarakterlaydi.”
50
deb yozadi. Shuningdek, “Firma va 
kompaniyalarni 
to‘lov layoqati
deganda – to‘lov muddati kelgan majburiyatlarni 
qoplashga joriy mablag‘larining yetarliligi yoki yetishmovchiligi tushuniladi”
51
deb ta’riflaydi. Ushbu iqtisodchi olim to‘lovga qobillik ko‘rsatkichi deb atab, 
to‘lov layoqati sifatida ta’riflagan. 
T.Qudratov va N.Fayzievalar to‘lov qobiliyatini quyidagicha tushunish 
lozimligini ta’kidlashadi: “Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy 
ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, 
to‘lov qobiliyati
ni ifodalovchi koeffitsiyent 
hisoblanadi. 
Balans bo‘yicha xo‘jalikning to‘lov qobiliyatiga aylanma aktivlarning 
likvidlik ko‘rsatkichlari orqali baho beriladi. 
Xo‘jalikning o‘z joriy aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini qoplay 
olish quvvati 
balans likvidligi
deyiladi. Boshqacha aytganda, balans likvidligi 
qarzlarni to‘lashga bo‘lgan qurbining darajasini ifodalaydi. 
Korxonaning joriy aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlarga bo‘lish orqali 
48
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: Darslik. –T.: “Sharq”, 2005. -
222 b. 
49
shu manba. -224 b 
50
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. -302 b. 
51
shu manba. -303 b. 


155 
balansning likvidlik
darajasi aniqlanadi, ya’ni 
to‘lovga qodirlik
ko‘rsatkichi 
aniqlanadi. 
To‘lovga qodirlik
– majburiyatlarini o‘z vaqtida qoplay olish 
qobiliyatini anglatadi.”
52
Ushbu iqtisodchi olimlar tomonidan to‘lov qobiliyati, 
to‘lovga qodirlik va balans likvidligi kabi atamalar bir xil atama sifatida 
qo‘llanilgan. Fikrimizcha, likvidlik bilan to‘lov qobiliyati tushunchalari bir-biridan 
farq qiladi. Ya’ni, yuqorida keltirilgan to‘lov qobiliyati, to‘lovga qodirlik, to‘lovga 
qobillik va to‘lov layoqati ma’nodosh atamalar hisoblanadi. Likvidlik esa ulardan 
farqlanadi. 
Iqtisodchi olimlar tomonidan mazkur atamalarga berilgan ta’riflar va ularni 
baholashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlarga yondashuvlar quyidagi jadvalda 
keltirilgan (6.18-jadval). 
Bizning fikrimizcha, 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin