R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


to‘lov qobiliyati, to‘lovga qodirlik, to‘lovga qobillik va



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

to‘lov qobiliyati, to‘lovga qodirlik, to‘lovga qobillik va 
to‘lov layoqati
kabi ma’nodosh atamalarni har doim bir xil 
to‘lov qobiliyati
atamasini qo‘llagan holda ifodalash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, 
o‘zbek tilining izohli lug‘atida 
“Qobiliyat”
so‘zining etimologiyasi arabcha bo‘lib, 
lug‘aviy ma’nosi – “layoqat, qobillik, qodirlik”
53
degan ma’nolarni bildiradi 
deyilgan. 
Iqtisodchi olimlarning ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarida to‘lov qobiliyati va 
uni baholashda tavsiya etgan ko‘rsatkichlarni e’tiborga loyiqligini ta’kidlagan 
holda, to‘lov qobiliyatini quyidagicha ta’riflash maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
To‘lov 
qobiliyati
deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov muddati kelgan 
majburiyatlarni o‘z vaqtida mablag‘lar bilan qoplay olish darajasi tushuniladi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning to‘lov qobiliyatiga ega 
bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu ko‘rsatkich korxonaning o‘z 
vaqtida to‘lov muddati kelgan qarzlarni qaytarish imkoniyatini belgilaydi. 
Korxonaning buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida uning to‘lov qobiliyati 
qanday darajada ekanligini aniqlash uchun birinchi navbatda uning to‘lash uchun 
52
Qudratov T, Fayzieva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. Darslik. – T.: “Voris-nashriyot”, 2012. – 
134 b. 
53
O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 5-jild, “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. -317 b. 


156 
zarur bo‘lgan mablag‘lari bilan to‘lov qarzlari solishtiriladi (6.19-jadval).
6.18-jadval 
To‘lov qobiliyati, to‘lovga qodirlik, to‘lovga qobillik hamda to‘lov layoqati 
atamalariga iqtisodchi olimlarning yondashuvlari 
Asar nomi va muallifi 
Ta’rif 
Ko‘rsatkichlari 
A.V.Vahobov, 
A.T.Ibrohimov, 
N.F.Ishonqulov 
Moliyaviy va boshqaruv 
tahlili: 
–T.: “Sharq”, 
2005. – 222 b 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin