R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.5. Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlili 
Bozor munosabatlari sharoitida mulk egalarini ko‘proq korxona kapitali va 
moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar qiziqtiradi. 
Bunday ko‘rsatkichlarning biri sifatida to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichini keltirish 
mumkin. Shu sababli ham korxonaning moliyaviy holatini baholashda mazkur 
ko‘rsatkich tahlil qilib o‘rganiladi. Chunki, korxonalar o‘z moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyati davomida boshqa korxona, tashkilot va muassasalar bilan o‘zaro hisob-
kitoblarni amalga oshiradi. Bunday iqtisodiy aloqalar belgilangan muddatlarda 
hisob-kitoblarni amalga oshirish, to‘lov intizomiga rioya qilishni talab etadi. Bu 
esa, to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichida namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunda iqtisodchi olimlarning ilmiy va o‘quv-uslubiy asarlarida 
keltirilgan ma’lumotlar o‘rganilganda to‘lov qobiliyati atamasi turlicha: 
to‘lov 
qobiliyati, to‘lovga qodirlik, to‘lovga qobillik, to‘lov layoqati va balans likvidligi 
kabi atamalar qo‘llanilib kelayotganini ko‘rish mumkin. Jumladan, iqtisodchi 
olimlar A.V.Vahobov, A.T.Ibrohimov va N.F.Ishonqulovlar
“To‘lov qobiliyati 
deyilganda, 
xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun 


154 
zarur bo‘lgan mablag‘larning yetarli yoki kamchiligini aniqlash tushuniladi”
48
deb 
ta’riflaganlar. Shu bilan birga, “korxonaning 
to‘lov layoqatini 
baholashda odatda 
quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 
-
mutloq to‘lov layoqati koeffitsiyenti; 
-
oraliq to‘lov layoqati koeffitsiyenti; 
-
joriy to‘lov layoqati koeffitsiyenti”
49
deb ta’kidlab o‘tganlar. 
Yuqoridagi olimlar tomonidan mazkur atama to‘lov qobiliyati sifatida 
ta’riflanib, uni baholashda esa to‘lov layoqati atamasi qo‘llanilgan. 
Iqtisodchi olim M.Raximov esa “Firma va kompaniyalarda kredit 
resurslarini jalb etishda asosiy ko‘rsatkich bu – 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin